Qanotchi qahvaxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
“QANOTCHI” qahvaxonasi tajriba tariqasida oçilmagan
Toşkent şahar Yakkasaroy tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi markazining 2020-yil 9-maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Quşbegi 1-tor köçasi 21-uyda joylaşgan “GOURMET RESTAURANT” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli “QANOTCHI” qahvaxonasi karantin talablariga rioya etmasdan özboşimçalik yöl bilan faoliyat yuritgani aniqlandi.
Holat yuzasidan zudlik bilan Toşkent şahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan Özbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş böyiça Toşkent şahar vakilining 2020-yil 10-maydagi kelişuvi asosida tekşiruv amalga oşirildi.
Tekşiruv davomida Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi 21-sonli yiğiliş bayoniga zid ravişda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan şuğullanayotgani aniqlanib, uşbu korxonaning iş faoliyati vaqtinça töxtatildi.
Qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxöja Erkinoviçga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik böyiça töplangan hujjatlar qonunçilikda belgilangan tartibda körib çiqiş uçun Yakkasaroy tuman Maʼmuriy sudiga kiritilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi
👉 @xushnudbek 👈

