Test sinovlari 2 ta fandan bölişi rejalaştirilmoqda
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlangan⚡️DTM öz saytida test sinovlari 2 ta fandan bölişi haqidagi rejani maʼlum qildi
«Koronavirus pandemiyasi şaroitidagi karantin abituriyentlarimizning öqişga kiriş tayyorgarligiga ham jiddiy taʼsir körsatmoqda», - deyiladi DTM saytidagi xabarda.
«Ana şunday çeklovlar davrida abituriyentlarimiz özlari xohlaganlaridek tayyorgarlik köra olmadilar. Bunaqa paytda ularga yordam beriş, yengilliklar yaratiş, faqat bitiruvçilar uçun emas, balki abituriyentlar uçun ham foydalidir.
Bu yil abituriyentlarning uyidan çiqmagan holda röyxatdan ötişini taşkil etiş, test topşiriqlarini soddalaştiriş, kiriş test sinovlarini sodda şaklda va qisqa vaqt içida ötkaziş kabi yengilliklar yaratiş böyiça işlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 30-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida ötgan yiğilişda belgilangan topşiriqlar va tasarrufida OTMlari mavjud bölgan vazirlik, idora, taşkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hamda abituriyentlarni qiynab qöymaslik maqsadida faqat 2020-2021-öquv yili uçun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatçilikka eʼlon qilingan edi.
Alohida taʼkidlaş kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan şaroitda abituriyentlarning 1000 örinlik binolarda 3-4 soat qolib ketişiga yöl qöyib bölmaydi. Şuning uçun ham mazkur öquv yilida test sinovlari ötkaziladigan binolarda köpi bilan 700 tagaça örin tayyorlanadi, har bir abituriyent uçun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qölqop bilan testda iştirok etişi taʼminlanadi. Abituriyentning tana harorati ölçangaç, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topşiruvçilar, guruh nazoratçilari va jarayonga jalb etilgan boşqa şaxslarning salomatligini himoyalaş maqsadida amalga oşiriladi.
Qayd etilgan uşbu jarayon ham karantin çeklovlari butunlay olib taşlangandan söng amalga oşiriladi.
Keyingi öquv yilidan boşlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bölişini takroran eslatib ötamiz».
👉 @xushnudbek 👈



