Madaniyat va arxiv xodimlarining oyliklari oşiriladi

Matn15-may, 2018, 15:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident Şavkat Mirziyoyev 14-may kuni “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaşning takomillaştirilgan tizimini joriy etiş va ularni moddiy rağbatlantirişni kuçaytiriş töğrisida”gi qarorga imzo çekdi.

Unga köra, 2018-yil 1-iyundan boşlab:

👉 davlat madaniyat muassasalari artistlari, maʼmuriy-boşqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boşqa xodimlarining, şuningdek, davlat arxivlari boşqaruv xodimlari va mutaxassislarining mehnat haqi miqdorlari örtaça 45 foizga oşiriladi;

👉 davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining malaka toifalari va lavozimlari böyiça bazaviy lavozim maoşlarini belgilaşni nazarda tutuvçi mehnatiga haq tölaşning takomillaştirilgan tizimi joriy etiladi hamda lavozim maoşlari örtasidagi tafovutni köpaytiriş hisobiga kasbiy ösiş rağbatlantiriladi;

👉 Özbekiston davlat tsirki, hayvonot boğlari, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining közi ojizlar uçun kutubxonalari hamda davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalariga teatr-konsert taşkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uçun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlaş puli tölanişi belgilandi;

👉 konsert-tomoşa körsatiş faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziyaga ega bölgan, yuridik va jismoniy şaxslarni (şu jumladan, norezidentlarni) jalb etiş yöli bilan ommaviy tomoşa tadbirlarini taşkil etişdan daromadlar oladigan mikrofirma va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovi stavkasi 30 foizdan 5 foizgaça pasaytiriladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 7
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek