Google Özbekistonda soliq tölaşni boşladi

Matn24-aprel, 2020, 13:452 daqiqa0 koʻrish

​​⚡️ Google Özbekistonda soliq tölaşni boşladi

Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boşlab Özbekiston hududida jismoniy şaxslarga xizmatlarni elektron şaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uçun qöşilgan qiymat soliğini (QQS) tölaş joriy etildi.

Mamlakatimizda bunday kompaniyalarni röyxatga oliş uçun Davlat soliq qömitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi – http://tax.uz yaratildi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali Özbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötdi.

Ular:

- Google Commerce Limited (Irlandiya);
- Google Ireland Limited (Irlandiya);
- Google Voice Inc (AQŞ);
- Apple Distribution International Limited (Irlandiya);
- Netflix International B.V. (Niderlandiya);
- Samsung Electronics Co., Ltd. (Janubiy Koreya);
- Cleverbridge AG (Germaniya);
- Xsolla (USA), Inc. (AQŞ);
- Activision Blizzard International BV (Niderlandiya).

QQS böyiça birinçi tölov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oşirildi. Kompaniya joriy yilning I-çoragi yakunlariga köra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablağ töladi.

Ixtiyoriy röyxatdan ötiş, çet el korxonalari (kompaniyalar) öz imidjiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat körsatayotgan davlatning qonunlarini xurmat qilişlarini bildiradi.

«Hozirda mamlakatimizda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy röyxatdan ötiş va soliqlarni tölaş mahalliy tadbirkorlar uçun ham yaxşi namuna böladi», - deyiladi DSQ xabarida.

Davlat soliq qömitasiga QQS-ofisi orqali röyxatdan ötiş uçun xorijiy kompaniyalardan arizalar kelib tuşişi davom etmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek