Umradan qaytgan ayol 120 kişilik marosim ötkazdi
Umradan qaytgan farğonalik 120 kişilik marosim qilgan
Şavkat Mirziyoyev bugungi majlisda aksariyat fuqarolar haligaça yuzaga kelgan murakkab vaziyatni töğri tuşunib yetmayotgani, joylarda mahalliy hokimiyat organlari va mahallalar aholi örtasida tuşuntiriş işlarini yetarli darajada olib bormayotganini kuyunib gapirdi.
Jumladan, haligaça ayrim odamlar köpçilikni mehmonga çaqirib töy-haşam, turli ziyofat yoki marosimlar ötkaziş holatlari uçrab turibdi.
Misol uçun, Farğona viloyati Yozyovon tumanida yaşovçi ayol Umra ziyoratidan qaytib kelgaç, karantin qoidalariga rioya qilmasdan, ertasi kuni 120 kişilik dabdabali marosim taşkil etgan. Natijada uning özi va yana 4 nafar oila aʼzosida koronavirus aniqlangan. Hali yana neça kişiga yuqqanligi hozirça nomaʼlum.
Şu sababli, davlatimiz rahbari mutasaddi rahbarlarga joylarda bu kabi marosimlar va tadbirlarni mutlaqo töxtatiş böyiça keskin çora köriş yuzasidan topşiriq berdi.
👉 @xushnudbek 👈


