Şavkat Mirziyoyev yapon fenomeni haqida gapirdi
Şavkat Mirziyoyev «yapon fenomeni» haqida gapirdi:
«Işontirib aytamanki, koronavirus tarqab ketmasligi uçun davlat barça çoralarni köradi. Ammo şu sinovli damlarda har bir özbekistonlik, har bir idora, jamoatçilik vakillari bir muşt bölib harakat qilişimiz kerak. Kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga olib kirmaslik uçun eng avvalo özimiz masʼulmiz.
Ayrim davlatlarda yuqori gigiyenaga asoslangan kundalik turmuş tarzi, milliy urf-odatlar bu kasallikni yengişda juda muhim omil bölmoqda.
Jumladan, aholisi ziç, qöşnilari bilan savdo aloqalari öta rivojlangan bölişiga qaramasdan, Yaponiya virusning keng tarqalaşiga yöl qöymadi.
Mutaxassislar “yapon fenomeni”ni ulardagi öziga xos salomlaşiş, şaxsiy masofani saqlaş, tez-tez kiyim almaştiriş, yuz-qölni yuviş, töla yuviniş, töğri ovqatlaniş, faol turmuş tarzi va sport kabi 13 ta qoida va urf-odatlar saqlanib qolgani bilan asoslamoqdalar.
Bu esa bizda ham azal-azaldan mavjud – qölini köksiga qöyib salomlaşiş, uyga mehmon kelganda qölga suv quyiş, jamoat joylarida masofani uşlaş, meva-sabzavotlarni köp isteʼmol qiliş kabi urflarimizni yanada mustahkamlaşni taqozo etadi.
Şuningdek, jamoat joylarida, mahalla va xonadonlarda dezinfeksiya işlarini muntazam davom ettiriş lozim. Barça korxona va taşkilotlar har haftada öz xodimlarini tizimli ravişda tibbiy körikdan ötkazib turişi zarur».
👉 @xushnudbek 👈

