Koronavirus haqida munosabat va tavsiyalar

Matn13-mart, 2020, 15:523 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Koronavirus haqida

Köpçilik koronavirus haqida söraşmoqda. Bu böyiça mening pozitsiyam quyidagiça:

Birinçidan, avvalo bu virus hazil yoki öyin emasligini, jiddiyroq munosabatda bölişimizni töğri tuşunişimiz kerak;

Ikkinçidan, Soğliqni saqlaş vazirligi «Özbekistonda koronavirus rasman ANIQLANMADI» deb bayonot beryapti. Bu degani:

a) Özbekistonda uşbu holat böyiça kasallanganlar rasman şifoxonalarga murojaat qilmagan;
b) turli simptomlar bilan murojaat qilganlar qonida koronavirus aniqlanmagan;
c) koronavirus tufayli heç kim vafot etmagan.

Bu rasmiy maʼlumot va qölimizda boşqa yetarli dalil yöqligi uçun şunga işonişga majburmiz.

Uçinçidan, ammo “aniqlanmadi” sözi bilan “MAVJUD EMAS” sözlarining farqi katta. Yaʼni koronavirus rasman aniqlanmagani, bu Özbekistonda uşbu virus yöqligini anglatmaydi. Balki bordir, balki qaysidir yurtdoşimiz özi bilan koronavirusni olib yurgandiru, lekin hali özi ham bilmas, balki qaysidir turist şunaqa virusga çalingandir. Bunisini faqat Xudo biladi. Undan boşqa heç kim Özbekistonda koronavirus yöqligiga kafolat bera olmaydi.

Özbekistonda koronavirus yöq, deb baralla aytiş uçun, avval 34 mln aholini va minglab turistlarni yoppasiga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş kerak. Ammo buning iloji yöq.

Törtinçidan, endi xulosa qilamiz: koronavirus Özbekistonda aniqlandimi yoki aniqlanmadimi, Hukumat rost gapiryaptimi yoki aldab, yaşiryaptimi, bunisi oddiy aholi uçun unçalik katta ahamiyatga ega emas.

Xuddiki, “koronavirus aniqlandi” degan xabardan keyingina qölni sovunlab yuvişni boşlaş keragu, bunaqa xabar çiqmasa, bemalol qölni yuvmay yuraversa böladimi? Siz uçun buning farqi bölmasligi kerak.

Siz bugundan özingiz va oila aʼzolaringizning ehtiyotini qilişni boşlaşingiz kerak. Bugundan! Ertadan emas, 2 kundan keyin emas. Aynan bugundan!

❗️Beşinçidan, ehtiyotni qiliş nima degani? Buning uçun Siz:

a) qölingizni tez-tez sovunlab yuvib yuring;
b) odamlar bilan imkon boriça qöl berib söraşmang;
c) qölingiz bilan közingiz va yuzingizni işqalamang;
d) öta zaruriyat bölmasa, köpçilik yiğiladigan tadbirlarda iştirok etmang;
e) jamoat joylarida niqob taqişga harakat qiling;
f) imkon qadar köpçilik uşlaydigan predmetlarni uşlaganingizda qölingizni antiseptik vositalar orqali dezinfeksiya qiling;
g) mabodo gripp yoki şamollaşga öxşaş alomatlarni sezsangiz, uydan çiqmang, tezda uyingizga şifokor çaqiring.

Oltinçidan, koronavirus allaqaçon tarqaliş tezligi jihatdan pandemiya deya rasman tan olindi. Boz ustiga biz Xitoydan köp ham uzoqda emasmiz. Şu sababli mazkur virusning Özbekistonga kirib keliş ehtimoli 99%. Şu sababli Hukumat keskin çoralarni körişga ötişi kerak. Bu çoralar çegaralarni yopiş böladimi, taʼlim muassasalariga muddatdan avval taʼtil beriş böladimi, farqi yöq. Qörqmasdan keskin çoralarga ötiş kerak. Bir nafar inson hayoti ham bunaqa qatʼiy qarorlar qabul qilişga arziydi.

Va eng asosiysi, koronavirus aniqlangan bölsa, buni yaşiriş kerak emas. Öşa zahoti rasman aytiş şart. Aholi örtasidagi vahimadan esa xavotirlaniş kerak emas, aksinça uşbu qörquv aholini yanada sergakroq bölişga, özini ehtiyot qilişga undaydi. Bu faqat va faqat foyda.

Yettinçidan, vahima qilmang, sarosimaga tuşmang. Bu ölat yoki vabo emas, yoxud bedavo dard ham emas. Turli vahimalarni tarqatişga ketgan vaqtingizdan köra, öz xavfsizligingizni taʼminlaş haqida köproq qayğuring. Aql bilan iş körilsa, betalafot ötib olamiz, nasib.

Sakkizinçidan, va eng asosiysi – barçamizni Allohning özi asrasin.

Salomat böling.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek