Koronavirus bahonasida mehnat munosabatlarini isloh qiliş
Koronavirus bahonasida...
Telegramdagi «Iqtisodçi qaydlari» kanalida yaxşi post eʼlon qilinibdi, Sizlar bilan ham ulaşgim keldi:
«Bu virus ötadi-ketadi, lekin uning bahonasida ayrim narsalarni yaxşilab olişimiz kerak. Masalan, uni insondan insonga tez yuqişini inobatga olgan holda insonlar özaro kamroq kontaktda bölişini taʼminlaş uçun:
Birinçidan, umuman keragi yöq, foydasi yöq va soatlab davom etadigan va köp insonlarni bir joyga yiğadigan majlislar sonini qisqartiriş payti keldi. Ayniqsa budjet taşkilotlarida.
Agar mehnat unumdorligiga zarar, mantiqqa qarşi degan argumentlarni keltirib şu narsadan qutula olmagan bölsak, öta yuqumli va ölim darajasi 3.5% atrofida bölgan virus deb qutulaylik.
Majlislar işçilarni asosiy vazifalaridan çalğitadi, natijada mehnat unumdorligi pasayadi, esingizida bölsa, aynan işçilarning mehnat unumdorligi (output per labor hour) iqtisodiyotni kelajakdagi barqaror ösişini taʼminlaydigan omillaridan biri deb yozgandim. Majlisda majburan bir soat uşlab turilgan işçidan köra bir soat uxlab olgan işçining işga foydasi köproq.
Masalan, AQŞda yiliga majlislar natijasida taşkilotlar 37 milliard dollarni yöqotadi, işçining oyligiga çaqilganda.
Ikkinçidan, Mehnat kodeksiga amal qiliş, yaʼni belgilangan iş vaqtidan söng işçilarni işda qolişiga (ixtiyoriy-majburiy) yöl qöymaslik.
Agar işçilarni 17:00 yoki 18:00dan söng uşlab turiş heç narsaga töğri kelmaydi deb gapirganimizdan keyin ham foydasi bölmasa, öta yuqumli va ölim darajasi 3.5% atrofida bölgan virus bahonasida qutulaylik. Işda qança köp ötirsangiz, yuqiş, yuqtiriş ehtimoli oşadi.
Çetga yoşlarimiz ketib qolyabdi deb qayğuramiz. Uni biroz oldini oliş, iş joyida normal iş soatiga amal qilişdan boşlanadi».
Post tugadi.
P.S.: muallifning fikriga töliq qöşilaman. Zora mana şu bahona yurtimizdagi mehnat munosabatlarida ildiz otib ketgan illatlardan qutula olsak, zör bölardi.
👉 @xushnudbek 👈


