Ayrim yönalişlarga faoliyatini qayta tiklaşga ruxsat berildi

Matn24-aprel, 2020, 22:562 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ayrim yönalişlarga faoliyatini qayta tiklaşga ruxsat berildi

Respublika hududida koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş, sanoat, infratuzilma, transport va logistika subyektlarining barqaror faoliyat yuritişini taʼminlaş maqsadida Inqirozga qarşi kuraşiş respublika komissiyasining qarori qabul qilindi. Bunga köra, quyidagi yönalişlar sanitariya-epidemologiya talablariga rioya qilgan holda öz faoliyatini davom ettirişlari mumkin:

👉 quriliş materiallari bozorlari, şu jumladan, quriliş materiallarining çakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi subyektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam bölmagan);

👉 yirik işlab çiqaruvçi subyektlarning öz mahsulotlarini sotişga möljallangan hududlardagi tarmoq dökon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);

👉 hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan taşqari alohida joylaşgan joyda (dökon) sotiş faoliyatiga;

👉 uruğ va köçat yetiştiriş hamda ularni sotiş faoliyati bilan şuğullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar);

👉 tijorat banklarining obyektlardagi şahobçalariga (kassalari);

👉 avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş faoliyati bilan şuğullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar);

👉 avtomobillar, qişloq xöjaligi va quriliş texnikalariga servis xizmat körsatuvçi taşkilotlarga – 1000 kv.m dan kam bölmagan maydonga ega subyektlar, şuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari körsatuvçi subyektlarga;

👉 kimyoviy tozalaş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subyektlariga;

👉 notarial idoralar va suğurta kompaniyalarini faoliyat yuritişiga;

👉 töxtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obyektlarining quriş işlari.

Faoliyatini qayta tiklamoqçi bölgan taşkilotlar hamda savdo korxonalari sanitariya-epidemologiya talablari bilan quyidagi manzil orqali tanişişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Angrenlik bemor koronavirusdan vafot etdi

    01 daqiqa

  2. Google Özbekistonda soliq tölaşni boşladi

    02 daqiqa

Yana oʻqing