Karantin talablari 15-iyunga qadar uzaytirildi

Matn30-may, 2020, 10:472 daqiqa0 koʻrish

❗️Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

👉 Şu bilan birga 2020-yil 1-iyundan boşlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

🔴 "qizil" hududlarda:

➖ rieltorlik faoliyati;

➖ reklama va marketing faoliyati;

🟡 "sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qöşimça ravişda:

➖ avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar faoliyati (bunda, nazariy maşğulotlar masofadan turib (onlayn) öqitiş orqali amalga oşirilişi, amaliy maşğulotlar esa sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilgan, şu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qölqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda taşkil qilinişi lozim);

➖ davlat taşkilotlarida autsorsing asosida ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subyektlari faoliyati;

🟢 "yaşil" hududlarda "sariq" hududlarga qöşimça ravişda:

➖ sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boşqa dam oliş maskanlari va joylaştiriş vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);

➖ sport seksiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

➖ oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkaziş.

☝️Bunda oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi.

❌ Öz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişning belgilangan talablarini buzgan şaxslar epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek