Möjiza kitob bolalar ensiklopediyasi haqida xotiralar
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan






Kitob javonimizni titkilab, «möjiza»ni topib oldim. Mana şu kitobni körsam, bolalagimning şirin xotiralari yodimga tuşadi. Adaşmasam, uşbu kitobning har uçala jildini 2-3 qaytadan öqib çiqqanman va özim uçun olam-olam maʼlumotlar olganman.
1998-yil çop etilgan «Möjiza kitob»dan olgan maʼlumotlarim haligaça foyda beradi. Bolalarning turli sohalardagi ensiklopedik bilimlarini oşiriş, dunyoni taniş davomidagi savollariga javob beriş uçun hali bundan zörroq kitob körmadim. Kitobdagi maqolalar öta sodda va tuşunarli tilda yozilgan.
Qaniydi, şu kitobning yangilangan tahririni lotin yozuvida çop etişsa va bolajonlarimiz öqib çiqişsa juda zör iş bölardida. Şu işni boşlagan inson savobning tagiga qolardi.
P.S.: aytgança, uyimizda «Möjiza kitob»ning faqat 3-jildi qolibdi, 1 va 2-jildini topolmadim. Agar kimdadir şu jildlari bölsa, unda yoki sotib olişga, yoki hadyani jon deb qabul qilişga roziman :)
👉 @xushnudbek 👈

