Xususiy imtihon markazlari uçun litsenziya oliş tartibi

Foto4-fevral, 2022, 18:171 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

IIV: belgilangan talablarga javob bersa, istalgan tadbirkorlik subyekti imtihon tizimi uçun litsenziya olişi mumkin

Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining bayonotida aytilişiça, xususiy imtihon markazlari 07.12.2020-yildagi PQ-4913-son Prezident qarori hamda 05.05.2021-yildagi 272-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida taşkil etilmoqda.

Yuqoridagi qarorlar asosida eng avvalo imtihonlar inson omilisiz, töliq avtomatlaştirilgan holda amalga oşirilişi, zamonaviy avtodrom mavjudligi, maxsus himoyalangan dasturiy taʼminotlar kompleksiga egaligi hamda imtihonlar jarayonida olingan maʼlumotlarga hamda imtihon natijalariga özgartiriş kiritiş imkoniyatining çeklanganligi va boşqa şu kabi talablar örnatilgan.

«Uşbu talablarga tölaqonli javob beradigan imtihon tizimi uçun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkorlik subyekti litsenziya oliş uçun ariza topşirişi mumkin. Bunda heç bir tadbirkorlik subyektiga çeklov yoki tösiq yöqligini maʼlum qilamiz», - deyiladi bayonotda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 953
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek