Pasportini yöqotgan abituriyentlar imtihonga qanday kiradi

Matn26-avgust, 2020, 19:051 daqiqa0 koʻrish

Abituriyentning pasporti yöqolgan bölsa, imtihonga qanday kiradi?

Uşbu savol yuzasidan ÖzA (@uzauz) muxbiri Davlat test markazi bilan boğlandi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi.

Maʼlum qilinişiça, şaxsni tasdiqlovçi hujjati bölmagan, yöqolgan yoki hujjat olişi kerak bölgan abituriyentlar öz hududidagi IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlariga (xalq tilida - pasport stol) murojaat qilişi kerak. Masʼul taşkilotlar pandemiya davri bölişiga qaramasdan faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Test ötkaziş jarayonlarida IIV ham masʼul taşkilotlardan biri hisoblanadi. Şaxsni tasdiqlovçi hujjat borasidagi muammolarni ular bartaraf etişga kömaklaşadi.

– Ammo imtihonga şaxsni tasdiqlovçi hujjat, yaʼni pasport bilan boriş şart, – deydi DTM boş mutaxassisi Jamşidbek Odilov.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, pasportini yöqotgan abituriyentlar zudlikda yangi pasport oliş uçun ariza berişlari lozim. Boşqa abituriyentlar esa test kunlari yaqinlaşayotgani hisobiga şaxsiy hujjatlariga eʼtiborliroq bölişlari va ehtiyotkorlikni oşirişlari maqsadga muvofiq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek