Anorbank Özbekistondagi ilk raqamli bank böladi
Özbekistondagi ilk raqamli bank
«Anorbank» Özbekistonda raqamli formatda faoliyat yuritadigan ilk bank böladi. Regulyator — Markaziy bank mazkur yangiça formatdagi bankka mamlakatda faoliyat yuritişi uçun litsenziyani taqdim etibdi.
Bu quvonarli xabar deyiş mumkin. Nima uçun?
Birinçidan, xorijda bunday amaliyot ançadan buyon bor va juda köplab banklar allaqaçon, ofissiz, yaʼni onlayn formatda iş olib borişadi. Hozirgi pandemiya şaroiti onlayn, masofadan körsatilayotgan xizmatlar qançalik muhimligi va Özbekistonda bu borada qilinişi kerak bölgan işlarni körsatib bergandi. Şu maʼnoda masofadan işlaydigan bank juda ham zarur.
Ikkinçidan, onlayn bank degani bu, bir neça qimmat narxlardagi binolarga (ularning ijarasi, soliqlar, kommunal va boşqa tölovlar) hojat yöq. Şu bilan birga ortiqça xodimlarga ehtiyoj qoldirmaydi. Bularning barçasi bankning qöşimça xarajatlarini keskin qisqartiradi va bu orqali bankning mijozlarga xizmati ham arzon böladi. Yakunda mijoz yutadi.
Aytişlariça, Anorbank innovatsion çakana mahsulotlarni rivojlantiriş va kiçik va örta biznesga xizmat körsatişning yangi formatini joriy etişni rejalaştirmoqda. Yangiça formatda iş boşlayotgan jamoaga faoliyatida omad tilab qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


