Paxtaçida IIB boşliğiga signal çalgan haydovçi voqeasi

Video17-may, 2021, 19:055 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Paxtaçida qiziq voqea böldi.

Damas haydovçisi oldiga kelib töxtagan Neksiyaga norozi bölib signal çaladi. Bu endi özimizga xos va mos milliy qadriyatimiz, haydovçilarimiz signal çalmasa havo yetişmayotganday böladi. Mayli, bu boşqa mavzu.

Eng qiziği signaldan keyin boşlandi. Neksiyadan tuşib kelgan tuman IIB boşliği bu yerda aslida kim xöjayinligini körsatib qöymoqçi böladi va qöl ostidagilariga topşiriq berib Damasni jarima maydonçasiga tiqtiradi. Bunga tuman "GAI" boşliği boş-qoş böladi. Axir bu Damasçi signal çalib, kimsan örtoq boşliqning halovatini buzib qöydi-da!

Haydovçining aybi aniq - hujjatlar talab darajasidamas.

IIV YHXBBning maʼlum qilişiça, xuşmuomala, kamtar va bosiq bölmasdan, nosamimiy bölgani uçun Paxtaçi tumani IIB YHX guruhi katta inspektori katta leytenant M.Toğayevga “Hayfsan”, YPX inspektori safdor F.Haitovga “Tanbeh” intizomiy jazosi berilişi, tuman IIB boşliği mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlarini viloyat IIBdagi “Intizomiy kengaş”da körib çiqilişi belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek