Özbekistonda şifokorlarga nisbatan zöravonlik statistikasi

Matn27-noyabr, 2019, 14:311 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

Özbekistonda 2017—2019-yillarda 340 nafardan köproq tibbiyot xodimi fuqarolar tajovuzidan jabr körgan. Faqat 40 holatda aybdorlarga jazo çorasi körilgan

Soğliqni saqlaş vaziri matbuot kotibi Furqat Sanayevning maʼlum qilişiça, 2017—2019-yillarda birgina şoşilinç va tez yordam tizimi şifokorlariga bemorlarning yaqinlari va qarindoşlari tomonidan 266 marta zöravonlik qiliş, ularga tan jarohati yetkaziş kabi noqonuniy harakatlar sodir etilgan. Bundan 340 nafardan köproq tibbiyot xodimlari jabr körgan.

Uşbu vaziyatda bor yöği 40 holatda jazo çorasi qöllanilgan. 109 holatda yaraştiruv bilan iş tugallangan, 128 holatda şifokorlarga tahdid qilgan şaxslarga nisbatan qonuniy jazo köriş masalasi hal etilmagan. «Taassufki, vazirligimiz jinoyatga huquqiy baho beriş, aniqlaş va jazolaş vakolatiga ega emas», — deydi Furqat Sanayev.

Holbuki, huquq-tartibot organlari xodimlari bilan şunday holat röy bersa, aybdor qonun oldida qatʼiy javob beradi. Masalan, yaqinda Buxoroda YPX xodimining nişoni, ratsiyasi va jezlini tortib olgan fuqaro 10 oyga qamaldi. Navoiyda esa şifokorni tahqirlagan holatda aybdor 15 sutka qamoq va ozgina jarima bilan qutulib ketdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi kömagida «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqdi va loyiha birinçi öqişda qabul qilingan. «Ayni paytda soha mutaxassislari va ekspertlari tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda», — deya maʼlum qildi Furqat Sanayev.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek