Xalqaro press-klubda tadbirkorlik mavzusida sessiya
Bugun soat 11:15-da Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida tadbirkorlik mavzusida Xalqaro press-klub sessiyasi bölib ötadi.
Uçraşuvda Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari, tadbirkorlar qatnaşişadi.
Jonli efirni «Özbekiston 24», «Yoşlar» teleradiokanallari orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Afsuski boşqa rejalarim tufayli özim iştirok eta olmas ekanman, lekin uşbu savolimni boşlovçilar öqib berişadi degan umiddaman:
«Yirik tadbirkorlarni nodavlat notijorat taşkilot hisoblanadigan Savdo-sanoat palatasiga MAJBURIY aʼzo qiliş aynan kimning taşabbusi bölgan? Va dunyodagi 200 dan ortiq davlatlarning neçtasida mana şunday majburiy aʼzolik mavjud? Turkiya va Germaniyadan taşqari yana 20-30 ta davlatda şunaqa tartib bormi işqilib? Yoki biz ixtiyoriylik va majburiylik orasidagi tanlovda 200 ta davlatning tajribasini olmasdan, atigi 2-3 ta davlatga qarab ergaşyapmizmi?»

