Telegram sozlamalari böyiça maslahat

Foto26-noyabr, 2019, 21:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Photo
Photo
Telegram sozlamalari böyiça maslahat

Sizni ğirt begonalar turli guruhlarga qöşmasligi uçun Telegram sozlamalarida quyidagi işni maslahat beramiz:

👉 Ru: Nastroyki => Konfidensialnost => Gruppi i kanali => Moi kontakti (kto mojet priglaşat menya)
👉 En: Settings => Privacy and Security => Groups & Channels => My Contacts (who can add me)

Şunda Sizni faqat kontaktlaringizda bor insonlargina biror kanal yoki guruhga qöşa oladi. Har holda yetti yot begonalardan qutilasiz. Qolgan insofni kontaktlaringizdagi insonlarga bersin ))

Agar kimdir şu işni qilsa, istasangiz menga öxşab öşa insonni “blok”ka tiqib, guruhni spamga qöşib qöyişingiz ham mumkin 😄

Yoki spamga tiqmasdan, yuqoridagi sozlamalar sahifasida kimlarni heç qaçon Sizni guruhga qöşa olmasligini ham belgilab qöyişingiz mumkin (never allow yoki nikogda ne pozvolyat).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek