Telegram guruhlariga odam qöşişdagi madaniyatsizlik haqida
Ozgina farosatni işlating...
Sönggi paytlarda Telegramda turli guruhlar taşkil qilib, ularga odam qöşganlarga pul berişni vaʼda qiladiganlar köpayib ketdi. Va ming afsuski, bunaqa vaʼdalarga laqqa tuşib, kontaktidagi bor insonlarni söramay-netmay şunaqa guruhlarga qöşib çiqadiganlar ham köp topilyapti.
Özimni ham har kuni 2-3 ta mana şunaqa guruhlarga qöşib turişadi. Bunday insonlarga qarata quyidagilarni aytmoqçi edim:
Hurmatli, hurmatsizlar.
Qanaqadir guruhlarga kimlarnidir qöşişdan oldin, albatta uning roziligini oliş şart. Arzimagan pul umidida özgalardan ruxsat söramay, ularning roziligisiz biror guruhga qöşiş – madaniyatsizlik va pastkaşlik.
Undan köra, öşa pulga ehtiyojingiz bölsa, guruhga qöşmoqçi bölgan insonlardan öşa pulni sörab qöya qoling. Agar şu bilan boy bölib ketsangiz...
Yana bir bora iltimos qilaman, özgalarni guruhlarga söramasdan qöşişdan oldin ozgina farosatni işlating. Rahmat.
👉 @xushnudbek 👈


