Özbekistonda loukoster taşkil etiş imkoniyatlari
Manba:Daryo — LIVE
«Hisob-kitoblar Özbekistonda loukoster taşkil etib bölmasligini körsatgan»
Özbekistonda 2018-yil oxirigaça loukoster (arzon) aviakompaniya işga tuşişi kerak edi. Şunday niyatlar oçiqlangan vaqtda: «Moskvaga 100 dollarga uçiş mumkin böladi», deyilgandi. Demak, öşanda qandaydir hisob-kitoblar asosida aytilgan şu gaplar.
Mana, 2019-yil ham yakunlanyapti, lekin milliy loukosterdan hali ham darak yöq. Keça bölsa Transport vazirligi Havo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Uluğbek Bektoşev «hisob-kitoblar Özbekistonda loukoster taşkil etib bölmasligini körsatdi», debdi.
Yaʼni, hozirgi qimmatbaho «Drimlayner»larimiz, «Eybras»larimiz bilan loukoster qilib bölmaydi, demoqçi u. Butun dunyo şunaqa samolyotlar bilan ham loukosterlar qilyapti, lekin bizda bölmaydi, çunki bizning «özimizga mos, özimizga xos» yölimiz sal ğalati.
Balki aviataşuvlar monopoliyasini sözda va qoğozda emas, amalda ham bekor qiliş kerakdir? Balki şunda biror boy (yo aqlli odam) çiqib, «xalq tanlovi»ga aylanadigan «milliy loukoster»ni taşkil eta olar? Nega endi bu masala ustida faqat «Özbekiston havo yöllari» şuğullanişi kerak?
Deyarli barça körgiliklarimiz boşi — monopoliya. Uyatsiz monopoliyalar. Vaʼdaboz monopoliyalar.
