Palma yoğining zarari va quyultirilgan sut tanlaş qoidalari

Matn26-noyabr, 2019, 19:012 daqiqa0 koʻrish

Ötgan haftadagi demokratik debatda jurnalist Xurşid Daliyev palma yoğining soğliqqa zararligi hamda bunga qarşi qanday çoralar körilayotgani haqida savol bergandi. Bunga javoban partiyalardan biri palma yoğini oziq-ovqat sanoatida foydalanişni çeklaş haqida gapirgan bölsa, yana boşqa partiya vakili palma yoğini butunlay yurtimizga kiritmaslik kerakligi haqida gap oçdi.

Oçiği bu mavzu men uçun yangilik böldi. Palma yoği haqida ilgari eşitmagan ekanman, nega bunçalik buni xavf sifatida körişayotganini ham tuşunmadim. Keyin qiziqib, internetdan qidirib kördim. Va eng qiziği ayni şu kunlarda isteʼdodli fotograf Madina Nurman muallifligidagi uşbu mavzuga oid maqolani öqib qoldim.

http://dy.uz/upWJu

Maqolada asosan «quyultirilgan sut» (sguşçennoye moloko) tanlaşda nimalarga eʼtibor qaratiş kerakligi bayon qilingan. Yaʼni yoşligimizdan sevib isteʼmol qiladigan uşbu mahsulotni tanlaşda ham ayrim jihatlarni yoddan çiqarmaslik kerak ekan.

Jumladan, mahsulot «Şakar bilan quyultirilgan toza sut» (Moloko tselnoye sguşçennoye s saxarom) yoki «Moloko sguşçennoye s saxarom» deb yozilişi kerak ekan. Agar qadoqda «Quyultirilgan sut» (Moloko sguşçennoye), «Maxsus quyultirilgan sut» (Moloko sguşçennoye osoboye), «Quyultirilgan sutça» (Sguşçenka), «Qaynatilgan quyultirilgan sut» (Varenaya sguşçenka), «Qaynatilgan sut» (Varenka), deb yozilgan bölsa, bu 100% haqiqiy toza mahsulot sanalmas ekan.

Köpinça siz quyultirilgan sut, deb öylaydigan massa tarkibidagi palma yoği turli souslar orqali maskirovkalangan böladi: palma yoği, kokos yoği, ösimlik yoği, sutli yoğ muqobili kabilar.

Buning asosiy sababi anʼanaviy usulda quyultirilgan sutni tayyorlaş — qimmat va uzoq jarayon, çunki toza sigir suti juda tez ayniydi. Köpgina işlab çiqaruvçilar quruq sut kukunini olib odatdagidek köpirtiriş uçun köpinça palma yoği qöşişar ekan.

Palma yoki kokos yoği tabiiy yoğlarning arzon örinbosari. U uzoq vaqt davomida yaxşi saqlanadi, ammo mutlaqo foydali emas, mazkur yoğning doimiy isteʼmol qilinişi jiddiy kasalliklarga olib kelişi ham mumkin.

«Afsuski, bunday past sifatli quyultirilgan sut tabiiysidan farq qilmaydi. Buning uçun, yuqorida aytilganidek, tarkibini yaxşilab qaraş lozim», - deydi muallif.

Muştariylarga, ayniqsa uy bekalariga mazkur maqolani öqib, undagi maslahatlarga amal qilişsa, foydadan holi bölmaydi degan umiddaman.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek