«Ilhom» teatri binosiz qolişi mumkin

Matn11-fevral, 2020, 10:062 daqiqa0 koʻrish

«Ilhom» teatri haqida

Toşkentdagi maşhur «Ilhom» teatri binosiz qolişi mumkin. Sababi, teatr joylaşgan «Shodlik Palace» mehmonxonasining yangi mulkdori teatr rahbariyatiga binoni böşatiş haqida ogohlantiriş bergan.

Uşbu hodisa sabab keng jamoatçilik köplab eʼtirozlarni bildirmoqda. Umuman olganda «Ilhom» teatri haqida aytilgan deyarli barça fikrlarga qöşilaman. Jumladan:

1️⃣ Nega binolar xususiylaştirilayotganda va yoki sotilayotganda, u yerda joylaşgan madaniyat maskanlari taqdirini öylaşmaydi? Madaniyat, sanʼat va ilm maskanlari daxlsiz bölişi kerak.

2️⃣ “Ilhom” teatri Özbekiston sanʼatining noyob durdonasi, mamlakatda madaniy xilma-xillikning ifodasi. Hukumat teatrni ... asrab qolişi kerak.

3️⃣ Bizda metsenatlik madaniyati yaxşi rivojlanmagan. Masalan, Buyuk Britaniyada 2014-2015-yillarda teatrlarga:
- biznes sohasi 15 mln funt sterling;
- individual xayriyalar orqali 28 mln funt sterling;
- turli fondlar orqali 32 mln funt sterling pul kelib tuşgan.
Bizda ham qaçon bunday madaniyat şakllanadi bilmadimu, lekin hozir «Ilhom» teatrini yöqotiş, bu xuddi Toşkentdagi “Sayilgoh”ni kesib taşlagan kabi jinoyat böladi.

4️⃣ Va nihoyat oxirgi fikr. «Ilhom» teatrini saqlab qoliş tadbirkorga zuğum ötkaziş bilan bölmasligi kerak. Yaʼni teatr binosi xususiy mulk. Mulkdor öz mulki böyiça mustaqil qaror qabul qilişga haqli. Teatrning ijara şartnomasida nima yozilgan bilmadimu, lekin agar binoni böşatiş haqidagi talab qonun doirasida bölsa, unda «Shodlik Palace» mehmonxonasining mulkdorini teatrni saqlab qoliş yölida nimagadir majburlaş ham kerak emas. Bu öz-özidan şaxsiy mulk daxlsizligiga zid. Yana ham aniqroği bu qaysidir tarixiy gazetaning yopilib ketişidan saqlab qoliş uçun yoppasiga xalqni majburiy obuna qildiriş bilan bir xil.

Hozirgi vaziyatda «Ilhom» teatrini saqlab qoliş uçun yoki mulkdor bilan muzokaralar olib borib, uni köndirişga harakat qiliş kerak, yoki boşqa muqobil yöl qidiriş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek