Yuridik xizmat xodimlari uçun imtiyoz ijrosi keçikmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik böyiça uç yillik stajiga ega bölgan xodimlari, litsenziya oliş uçun advokat maqomiga ega bölişga talabgor şaxs sifatida malaka imtihonida tegişli stajirovka ötmasdan iştirok etiş huquqiga ega, deya belgilangan edi.
Lekin oradan salkam 1 yarim yil ötganiga qaramasdan, hali “Advokatura töğrisida”gi qonunga bu haqida özgariş kiritilmadi.
Natijada Prezident qaroridagi uşbu band amaliyotga joriy etilmasdan, “havoda osilib turibdi”. Çunki Qonun Prezident qaroridan ustun turadi, bu tabiiy.
Adaşmasam, yuridik xizmat faoliyati haqidagi qaror Adliya vazirligining taşabbusi bölgan va asosiy ijroçi ham ular. Yuqorida taʼkidlangan masalaning ijrosi böyiça biror muammo çiqdimikin? Har holda 1 yarim yil katta muddat-ku, bemalol qonunda aks etişiga yetarli vaqt.
Mayli, kutaylikçi. Bizning vazifamiz eslatiş xolos.
- 👎 11


