Qoidabuzarlikni suratga olish bo‘yicha bahslar
Manba:davletovuz
Deputat Rasul Kuşerbayev qoidabuzarlikni rasmga olib, pul işlayotganlar bugun 10 ming söm uçun odamlarni sotsa, ertaga 100 ming söm uçun vatanini ham sotişi mumkin, buni «kazyollar jamiyati»ga öxşatiş mumkin deb aytgandi.
Şundan söng bu mavzu köpgina muhokamalarga sabab böldi. Köpçilik munosabat bildirdi. Jumladan bloger Şahnoza Soatova ham qoidabuzarliklarni suratga olib tarqatişga norozilik bildirayotgan haydovçilarga murojaat bilan çiqqan:
«Hayotingizni şu avtosiz tasavvur qilolmaysiz. Boşqa haqiqatni körmaysiz. Piyodalarni odam örnida körmaysiz, «neudaçnik» deb sökasiz. Muvaffaqiyatingizni şu temir bilan ölçaysiz!
Qonun ustuvor davlat deysiz, özingiz tartibga rioya qilişga kelganda şart qöyasiz.
Rulga yopişib olgansiz, bolangizni boğça yo maktabining eşigini tagigaça aravangizda olib borişingiz kerak, piyoda kelayotgan bolalarga qiş kuni loy saçratib, yozda tuproq içida qoldirib. Tez yordam, öt öçiriş maşinalarining yölini ham tösib parkovka qilib ketaverasiz, sizga nima?! Bolalar maydonçasi, yölaklarni egallab olgansiz: bir qariç joy uçun yoqa böğişasiz!
Men qoidabuzarlarning jazolanişi tarafdoriman, çunki bugun 3 million avtomobil ertaga 5-10 millionga çiqqanida ahvolni umuman önglab bölmasligini tuşunaman, deb yozgan u.
Bugun Mass-media fondi vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov telegram kanalida bu haqda post qoldiribdi:
«Jamiyat qonunbuzarliklarni berkitişi kerak emas. Bu haqida gapirgan odamlar «kozyol»ga çiqişi xato. Mana yaqinda bir odam kiçkina bir qizni öğirlab ketayotgan payt, bu holat ham odamlar yordamida, ularning videolari orqali bartaraf etildi. Demak, ular ham «kozyol»mi? Logika şunday bölyapti. Albatta, odamlar orasida solidarnost bölişi kerak, lekin qonun-qoida buzilişini yaşirişda emas. Biz tartibli va huquqiy jamiyat qurişga intilişimiz, uni tarğib qilişimiz kerak. Özi şundoq ham köp masalalar «ne po zakonu, a po ponyatiyam» hal qilinadigan bölib qoldi».

