Test uçun tölov qiliş muddati 1 kunga uzaytirildi

Matn28-iyul, 2021, 08:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Test uçun tölov qiliş muddati 1 kunga uzaytirildi. Lekin hammaga emas

Davlat qabul komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uçta – ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq), matematika va Özbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötgan, biroq belgilangan tölovni amalga oşirmagan abituriyentlarga bir iş kuni içida tegişli tölovni amalga oşirişga ruxsat berildi.

❗️Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar bugun 28-iyul kuni 18:00-ga qadar tölovni amalga oşirişlari mumkin.

Tölov muddati faqat ijodiy imtihoni bor yönalişga topşirganlar uçun uzaytirildi. 5 ta fandan test topşiriladigan yönalişlarga röyxatdan ötgan va tölovni amalga oşirişga ulgurmaganlar uçun tölov muddati uzaytirilmadi. Demak, ular testga kiritilmaydi.

Lekin hujjat topşirişning oxirgi 3 kuni dam oliş kunlari böldi va banklar işlamadi, boz ustiga elektron tölov qiliş tizimida texnik muammolar kuzatildi. Şularni inobatga oliş kerakmidi deymanda…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek