5 yil iş stajiga ega xodimlarni OTMga qabul qiliş tartibi

Matn27-iyul, 2021, 19:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​⚡️5 yil stajga ega bölgan xodimlarning qabuliga oid
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda ham iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil iş stajiga ega bölgan fuqarolarni sirtqi va keçki taʼlim şakliga suhbat natijalariga köra tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilişga ruxsat berildi. Şuningdek, tavsiya etiş huquqiga ega bölgan vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalarining röyxati tasdiqlandi (jami 71 ta taşkilot).

➖ Röyxatdagi taşkilotlar 100 nafargaça xodimga tavsiyanoma berişi mumkin.

➖ Tavsiyanomani şaxsan birinçi rahbar berişi kerak. Masalan, boğçada işlayotgan xodimga tavsiyanomani MTM vaziri Agrepina Şin beradi. Moliya tizimida işlayotgan xodim uçun şaxsan Moliya vaziri Timur Işmetov tavsiya beradi. Va h.k.

➖ Sirtqi taʼlim şakli uçun 5 yil, keçki taʼlim şakli uçun 4 yil öqiladi.

➖ Suhbat asosida talaba bölgan xodimlarning tölov-şartnoma mablağlari işlab turgan taşkilot tomonidan tölab beriladi.

➖ 5 yil stajga ega bölgan va taşkilotning birinçi rahbaridan tavsiyanoma olgan talabgorlar Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn röyxatdan ötadi.

➖ Onlayn röyxatdan ötkaziş 2021-yil 5-avgustdan 25-avgust kuni soat 24:00-ga qadar amalga oşiriladi.

‼️Qöşimça maʼlumotlar oliş uçun quyidagi havolalarni bosing:

Qabul tartibi haqida ovozli tuşuntiriş (ötgan yilgi):
https://t.me/xushnudbek/6610

Qabul qiliş tartibi mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/2633

Tavsiyanoma blankasining şakli mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/2631

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek