Abituriyentlarga belgilangan tölov böyiça qöşimça izoh
Abituriyentlarga belgilangan tölov böyiça qöşimça izoh
Eng avvalo abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topşirganda heç qanday qöşimça tölov olinmasligi haqida rasman izoh berilganini eslatib ötmoqçiman.
Demak, tuşunişimiz böyiça avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar xoh DXM orqali, xoh OTMlar orqali hujjat topşirişidan qatʼi nazar, ulardan faqat bir marta 101 ming söm tölov olinadi.
Yana qaytaraman, buning uçun şaxsan men xursandman. Abituriyentlardan qöşimça yana 101 ming söm tölov oliş mantiqsiz qaror edi özi bu, unga amal qilinmaydigan bölgani yaxşi bölibdi.
Ammo afsuski ayrim manbalarda tölov undirilmasligi haqidagi xabarlardan keyin meni asossiz maʼlumot tarqatganlikda ayblaşmoqda. Mayli, bunga ortiqça eʼtibor qiliş şartmas.
Keling, şunçaki Siz bilan şu masalani muhokama qilamiz. Fikrlarim asosli yoki asossiz ekanligi haqida xolis bölib, özingiz xulosa çiqarasiz.
Pastdagi rasmga qarang: 468-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining 2 ta joyidan skrinşot keltirganman.
1-rasm: VM Qarorining 11-bandini tahlil qilamiz.
Qança tölov olinadi: eng kam oylik iş haqining yarim baravari
Nima uçun olinadi: test sinovlarida iştirok etiş uçun
Qayerlarda tölanadi: OTMlarda hamda davlat xizmatlari markazlarida
Tölovlar qayoqqa ketadi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantiriş jamğarmasiga
2-rasm: Xuddi şu VM Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentning 11-bandini tahlil qilamiz (eng qiziği ikkalasi ham 11-band ekan).
Qança tölov olinadi: eng kam oylik iş haqining 50 foizi (eʼtibor bering, yarim baravari deyilmayapti)
Nima uçun olinadi: davlat xizmati körsatilgani uçun
Qayerlarda tölanadi: faqat davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona portalda (90%)
Tölovlar qayoqqa ketadi: 50 foizi Adliya vazirligi huzuridagi jamğarmaga, 10 foizi Içki işlar vazirligining jamğarmasiga, qolgan mablağlar davlat byudjetiga (Yagona portal orqali bölsa, 10% portalning öziga)
Mana, qarorda körsatilgan 2 ta tölovning tahlili.
Garçi yurist bölmaganlar ham, uşbu 2 ta band böyiça özi uçun xolis xulosa qila olişadi, degan umiddaman. Siz nima deysiz, bu ikkala tölov bitta narsamidi yoki boşqa-boşqa? Har qanday xulosangizga roziman.
Agar şu tahlillardan keyin ham "hujjatlarda yöq narsani, asossiz kötarib çiqdi", deb öylagan bölsangiz, unda çin dildan uzr sörayman.
Şuningdek, kutilayotgan batafsil rasmiy munosabatda bu masalaga oydinlik kiritilsa, yanada yaxşi bölar edi.
👉 @xushnudbek 👈

