Kollej va texnikumlarga test sinovlari böyiça savollarga javoblar
Köp berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
👉 Testga oq köylakda keliş şartmi?
JAVOB: yöq, şart emas. Kiyimga çeklov qöyilmagan. Yalanğoç kelmasangiz böldi. Özingizga qulay bölgan rangdagi kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida şortikda, şippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
👉 Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?
JAVOB: Test sinovlariga kiriş uçun faqat «Abituriyent ruxsatnomasi» va pasporti bölsa kifoya.
👉 Pasport örniga haydovçilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi ötadimi?
JAVOB: Yöq, ötmaydi. Faqat pasportning asl nusxasi bölişi kerak.
👉 Öqişga kira olmaganlarga tölagan pulini qaytarib beriladimi?
JAVOB: yöq, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 111 ming 500 söm - bu testga kiriş uçun edi. Öqişga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.



