OTMlarga qabul jarayonlari keçikmoqda
Bugundan qabul jarayonlari boşlandimi?
Bugun - 15-iyun. Taʼlimga oid qonunçilikka binoan, bugundan OTMlar uçun qabul jarayoni boşlanişi kerak edi.
Ammo qabul kvotalari tasdiqlanmagani sababli, qabul jarayonlari maʼlum muddatga keç boşlanadi. Çunki qabul kvotalari aniq bölmasdan turib, kimdandir hujjat qabul qilişning iloji yöq.
Hisob böyiça beşinçi marta qabul kvotalari keç tasdiqlanişi ortidan qabul jarayonlari keç boşlanmoqda. Bungaça 2004, 2011, 2014 va 2015-yillarda şunday holat kuzatilgani haqida yozgan edim.
Odamning dilini xira qiladigan joyi şundaki, bu kabi «keçikişlar» ayniqsa sönggi yillarda köp kuzatilgan.
Soliştiriş uçun aytaman, masalan, 1998-yildan 2011-yilgaça bölgan davrda, yaʼni 13 yilda faqat 1 marta şunday holat kuzatilgan (2004).
2011-2019-yillarda esa, yaʼni oxirgi 9 yilda 4 marta keçikiş kuzatildi. Jumladan:
2011/12 — 4-iyul (keçikib);
2012/13 — 7-may (öz vaqtida);
2013/14 — 11-iyun (öz vaqtida);
2014/15 — 26-iyun (keçikib);
2015/16 — 23-iyun (keçikib);
2016/17 — 26-may (öz vaqtida);
2017/18 — 5-may (öz vaqtida);
2018/19 — 4-iyun (öz vaqtida);
2019/20 — ??? (keçikib).
Xulosa özingizdan.
Aytişlariça, qabul kvotalari erta yoki indin tasdiqlanib qolişi kutilmoqda ekan.
👉 @xushnudbek 👈


