Abituriyentlar uçun qabul jarayoniga oid savol-javoblar
Qabul jarayoniga oid savol-javoblar
#abituriyent
Xabar qilinganidek, keça taʼlimga masʼul rahbarlar bilan matbuot anjumani bölib ötdi va unda özimni qiziqtirgan köplab savollarga javob oldim. Xususan:
👉 Qabul quyidagi 3 ta joyda böladi:
Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali — 5 ta OTM (TDYUU, QDU, FarDU, SamDU, GulDU);
My.gov.uz orqali — yuqoridagi 5 ta OTM;
OTMlarning özida — qolgan OTMlar uçun.
👉 Endi abituriyent hujjat topşirmaydi, balki original hujjatlarini körsatib, röyxatdan ötadi va özi bilan qaytarib olib ketadi;
👉 Röyxatdan ötiş uçun quyidagilar kerak:
1) pasport (u yöq bölsa, yoki 09-forma, yoki tuğilganlik guvohnomasi);
2) diplom yoki şahodatnoma (ilovasi bilan);
3) mabodo imtiyozi bölsa, uni tasdiqlovçi hujjat.
👉 OTMlar orqali röyxatdan ötganda ham xuddi şu hujjatlar talab etiladi, avvalgi yillardagidek rasm, papka, 086-maʼlumotnoma şart emas;
👉 DXM va portal orqali röyxatdan ötiladigan 5 ta OTMning tartibi quydagiça:
• uşbu 5 ta OTM faqat birinçi OTM sifatida tanlanayotgandagina DXMga (portal) boriş kerak. Masalan, abituriyent 1-FarDU; 2-TDTU; 3-FarPI ketma-ketligida topşirmoqçi bölsa, DXMlarga boradi;
• agar uşbu 5 ta OTM 2 yoki 3-OTM sifatida tanlanayotgan bölsa, unda DXMlarga emas, balki OTMlarga boriş kerak. Masalan: 1- TDTU; 2-FarDU; 3-FarPI.
• bundan taşqari abituriyentlarga yengillik beriş maqsadida, Yuridik universitetdan taşqari qolgan 4 ta OTMning özida ham DXMdagi kabi qabullar böladi. Yaʼni masalan, GulDUni 1-OTM sifatida tanlamoqçi bölganlar, xohlasa DXMga, xohlasa GulDUning öziga borişi mumkin. Xuddi şu tartib FarDU, SamDU, QDU uçun ham amal qiladi.
👉 OTMlardagi qabullar tartibi quyidagiça:
• istalgan OTM orqali boşqa joylarga hujjat topşiriş mumkin. Buning uçun aynan öşa OTMning öziga boriş şart emas. Masalan, buxorolik abituriyent BuxDUga borib Toşkentdagi 3 ta OTMga: 1) TTA; 2) Pediatriya; 3) Farmatsevtika körinişida hujjat topşira oladi.
Yoki surxondaryolik abituriyent TerDUga borib 1) QarDU 2) SamDU 3) ÖzMU körinişida topşira oladi. Faqat bitta joyi - mabodo SamDU 1-OTM bölsa, unda yuqorida aytganimizdek yoki tumandagi DXMga yoki SamDUning öziga boriş kerak;
👉 Yodingizda bölsa, ança oldin magistraturaga faqat turdoş mutaxassisliklar böyiça bakalavar diplomiga egalar hujjat topşirişga oid çeklovni bekor qiliş rejalaştirilayotgani haqida yozgandim. Buni mutasaddilar ham tasdiqladi, joriy yildan uşbu tartib amal qiladi. Batafsil: t.me/xushnudbek/2003
👉 Tölovlar miqdori quyidagiça:
• joriy yilda bitirganlar - tekin;
• ötgan yillarda bitirganlar - 101 365 söm.
Boşqa heç qanday tölov yöq.
👉 Lekin köp özgarişlar hozirça rasman tasdiqlanmagan, erta-indin bu haqidagi qarorlar çiqib qolişini maʼlum qilişdi.
❓Sizni yana qanday savollar qiziqtiradi, izohlarga yozib qoldiring, imkon darajasida barçasiga javob berişga harakat qilaman.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

