Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimi takomillaştiriladi
«Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni eʼlon qilindi.
Unga köra 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat dasturi tasdiqlandi.
Tegişli vazirliklar uç oy muddatda muayyan toifadagi davlat xizmatçilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari örta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlaş,sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravişda taʼsir ötkaziş şart-şaroitlarini istisno etiş;
davlat xizmatçilarini tanlov asosida saralab oliş, lavozimga tayinlaş va yuqori lavozimlarga kötarişning şaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini şakllantiriş;
davlat xizmatçilari daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş va ularning iş haqi yetarli darajada bölişini taʼminlaş, şuningdek, davlat xizmatini ötaşda manfaatlar töqnaşuvini hal etişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş;
korrupsiya bilan boğliq huquqbuzarliklar töğrisida xabar bergan şaxslarni himoya qilişning samarali taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etiş;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oşiriş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuçaytiriş;
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining çinakam erkinligini taʼminlaş va ularni korrupsiyaga qarşi çoralarni tayyorlaş, ötkazişda va ijrosini monitoring qilişda iştirok etişga jalb qiliş.
Farmonning töliq matni bilan tanişiş:
👉 @xushnudbek 👈

