DTM OTMlarga hujjat topşiriş tartibiga izoh berdi

Matn28-may, 2019, 19:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz⚡️ Барча ОТМларда ҳам ҳужжатлар давлат хизматлари маркази ва портал орқали қабул қилинмас эмиш Жорий йилда барча ОТМларда ҳужжатлар давлат хизматлари маркази ҳ…

Ertalabki xabarga DTM munosabat bildirdi

Bugun barça OTMlarda ham hujjatlar davlat xizmatlari markazi va portal orqali qabul qilinmasligi, bu tartib faqat Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan ayrim OTMlar uçun amal qilişi, qolganlarida esa yana ötgan yillardagidek hujjatlar OTMlarning özida qabul qilinişi haqida yozgan edim.

Mazkur masalaga DTMning vakili tomonidan quyidagiça izoh berildi:

«DXA baʼzi OTMlarni hujjatlarini oladi, lekin OTMlarda taşkil etilgan Qabul komissiyalaridagi texnik kotiblar yoki operatorlar ham xuddi DXA operatorlari kabi işlaşadi. Yaʼni DXA nima hujjat talab qilişsa şuni talab etişadi. Oldingidek barça hujjatlarni olib keliş şart emas. Qabul komissiyasi DXAni takrorlaydi (“dublirovat” qiladi), xolos.

Abituriyent xohlagan OTMda xohlagan OTMiga kiriş uçun röyxatdan ötişi mumkin böladi. Onlayn röyxatdan avvalda ham aytilganidek barça abituriyentlar ötişlari mumkin, faqat imtiyozlarga ega abituriyentlar DXA yoki OTMga borişadi».

Hozirça izoh bermoqçi emasman. Ayrim narsalarni aniqlaştirgaç, buning tartibi qanday bölişini batafsil tuşuntirişga harakat qilaman.

P.S.: DTM vakili aytgan tartib ham hozirça rasman biror hujjat bilan tasdiqlanmaganini, loyiha maqomida ekanligini inobatga oliş kerak. Loyihalarni esa köryapmiz, oxirgi daqiqalarda özgarib qabul qilinişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek