Aholi va biznesni qöllab-quvvatlaş uçun yangi soliq imtiyozlari
⚡️Şavkat Mirziyoyev aholi va biznesni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yana bitta farmonga imzo çekdi
"Özbekiston 24" telekanalida aytilişiça, aholi va biznesni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yana bitta Prezident farmoni imzolangan.
Unga köra, 2020-yil 1-oktabrgaça Özbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Saxovat va kömak" jamğarmasi, "Özbekiston Mehr-şavqat va salomatlik" jamoat fondiga, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy yordamga muhtojlar röyxatiga kiritilgan jismoniy şaxslarga beğaraz berilgan pul mablağlari, tovarlar va xizmatlar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
👉 foyda soliği (15%);
👉 qöşilgan qiymat soliği (15%);
👉 aylanmadan olinadigan soliq (4%).
❗️Fuqarolarga ham soliq imtiyozi berilmoqda. Yaʼni ijtimoiy yordamga muhtojlar röyxatiga kiritilganlar yuridik va jismoniy şaxslardan beğaraz yordam olganda, bu yordam jismoniy şaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi va ular daromad soliği tölaşi şart bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

