Qabul kvotalari tasdiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Matn27-aprel, 2020, 11:582 daqiqa0 koʻrish

❗️Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

Keça ijtimoiy tarmoqlarda «Xuşxabar! Qabul kvotalari tasdiqlandi!» degan xabarlar tarqaldi va unga Pdf faylni ilova qilişmoqda. Xöş, bu xabarlar qançalik rost?

Abituriyentlar, özi umuman yoşlarimiz juda sodda. Nimani körsa, öqisa, şunga işonib ketaveradi. Ozgina öylab, tahlil qilib, sinçiklab qarab ötirmaydi, hovliqqaniça bir-biriga tarqatadi, yolğon xabarlarga özi işongani yetmaganday, birovlarni ham işontirişga harakat qiladi.

Keçagi tarqatilgan Pdf faylning tepasiga katta qilib «LOYIHA» deb yozib qöyilgan. Boz ustiga u normativ hujjatlar loyihasi muhokama qilinadigan portaldan olingani körinib turibdi (köpçilik bunaqa portal borligini bilmasa ham kerak). Ozgina eʼtiborli bölgan odam, bu rasmiy qaror emasligini tuşunib olişi qiyin emas.

Gap şundaki, bu 18-mart kuni muhokama qiliş uçun eʼlon qilingan Prezident qarori loyihasi edi. 1 oy oldin çiqqan loyihani "rasmiy" deb tarqatiş kimga kerak bölib qoldi ekan, hayronman.

✅ Hozirça qabul kvotalari tasdiqlangani yöq, bu haqda heç qanday rasmiy xabarlar berilmadi. Olgan maʼlumotlarimizga köra, u hali loyiha körinişida va tegişli taşkilotlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Agar rasmiy va işonçli manbalarni kuzatib borsangiz, Prezident qarorga imzo qöygaç, albatta eʼlon qilinadi.

Ayrim kanallar tuşunmasdan tarqatayotgan kvotalarga işonib qolmang, rasmiy qarorda butunlay boşqaça bölişi ham mumkin.

‼️Hurmatli, yoşlar. Şu örinda Sizlarga döstona maslahatim bor.

Biror işonçsizroq joyda qandaydir xabarni öqib qolsangiz, darrov vahimaga tuşmang, hovliqmang, işonib qolmang, özgalarga tarqatişga şoşilmang. Köp emas, atigi 30 soniya öylab oling. Içingizda «Bu xabar rostmikin? Balki yolğon bölsaçi? Avval tekşirib körişim kerak» deb öylang. Ha, aynan ÖYLANG! Öylaş, fikrlaş miyaga ziyon emas, qörqmang, aksinça bu koni foyda.

Şundan söng, xabarni yana bir marta qayta öqib köring. Detallariga sinçiklab nazar taşlang. Rasmiy va işonçli manbalar orqali tekşirib köring.

Unutmang, bugun nima köp, yolğon va feyk xabarlar köp. Ularni barçasiga işonib ketaveriş, aqlli insonlarga yaraşmaydi. Har biringizda içki antivirus bölsin, har bir öqigan maʼlumotingizni öşa antivirus orqali avval yaxşilab tekşirib, keyin hazm qiling. Öqiganiga işonib ketaveradigan sodda bölmang. Rahmat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek