Özbekistonda Startaplar töğrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

Matn27-aprel, 2020, 17:322 daqiqa0 koʻrish

Startaplar töğrisida qonun qabul qilinişi mumkin

Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan «Startaplar töğrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi.

https://regulation.gov.uz/uz/document/17135

Loyihaga köra, startap, bu — innovatsion tarkibiy qismlarga ega bölgan va yuqori tavakkalçilikka asoslangan, öziga xos investitsiyalarni talab qiladigan kengaytiriladigan biznes modelini izlaş va amalga oşiriş uçun möljallangan vaqtinçalik tuzilmadir.

Qonunda startaplarga beriladigan kömak dasturlari haqida ham gap boradi. Unga köra, kömak dasturida qatnaşiş uçun startaplar quyidagi talablarga javob berişlari kerak:

- Özbekistonda kamida 1 yil oldin va 5 yildan köp bölmagan muddatda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar bölişi;

- moliyaviy hisobot natijalariga köra yillik pul aylanmasi bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravaridan kam bölişi;

- asosan yoki faqat texnologik tarkibiy qismga ega xizmatlarni va/yoki mahsulotlarni işlab çiqariş va tijoratlaştiriş bilan şuğullanişi;

- işlab çiqilayotgan mahsulot / xizmat tijoratlaştirişda potensial yuqori qöşimça qiymatga, daromadlilikka (tannarx va narx orasidagi) ega bölişi;

- yillik moliyaviy hisobotga köra tadqiqot va işlanmalar uçun sarflangan xarajatlar umumiy xarajatlarning 15 foizidan kam bölmasligi.

Ularga qanday yordam beriladi?

Startap kömak dasturida yordam muddati davomida iştirok etganida:

- startap xodimlari jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod qilinadilar;

- startapning ustav kapitalidagi uluşi taşqi investorga sotilganida (cash-out), jismoniy şaxslar sifatidagi startap iştirokçilarining daromadlariga soliq solinmaydi;

- kompaniya yer soliği, foyda soliği, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği, yagona soliq tölovi, şuningdek, Respublika yöl jamğarmasiga va Byudjetdan taşqari umumtaʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş jamğarmasiga majburiy tölovlardan ozod etiladi;

- kompaniya örnatilgan tartibda tasdiqlanadigan röyxatga muvofiq, loyihani amalga oşiriş doirasida öz ehtiyoji uçun çetdan olib kelinadigan, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan asbob-uskuna, xomaşyo, materiallar, reaktivlar, butlovçi buyumlar hamda quriliş materiallari uçun bojxona tölovlaridan (bojxona yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi;

- intellektual mulk kafolati evaziga kredit oliş imkoniyati;

- “defolt” holatida startaplar yuridik şaxs faoliyatini yengillaştirilgan şaklda töxtatiş huquqiga egadirlar.

Startaplarni röyxatdan ötkaziş tartibi qanday böladi?

- startaplar zaruriy hujjatlarni maxsus veb-saytda taqdim etiş orqali onlayn röyxatdan ötadilar;

- startaplarni saytda röyxatdan ötkaziş bepul amalga oşiriladi;

- röyxatdan ötiş uçun startap faoliyati töğrisidagi taqdimot, biznes-reja, mahsulot yoki xizmatning öziga xos xususiyatlari, innovatsion tarkibiy qismlar yoki intellektual mulk huquqiga egalik şaklidagi maʼlumotlar taqdim etilişi kerak.

Qonun loyihasining muhokamasi 12-mayga qadar davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek