Kadastri yöq uylarga 3 karra yer soliği soliş töxtatiladi
Kadastri yöq uylarga 3 karra miqdorda yer soliği soliş vaqtinça töxtatib turiladi
Bu haqda bugun Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi.
Unda aytilişiça, 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yöq.
Uşbu aholi tomorqa uçun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirişga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tuşmoqda. Ustiga ustak, kadastri bölmagani uçun yer soliği 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.
Şu bois maxsus tuzilgan işçi guruhi:
— 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bölmagan xonadonlarning elektron röyxatini şakllantiradi;
— uy-joyga bölgan huquqlarni eʼtirof etişga asos böluvçi hujjatlarni töplaydi va elektron bazaga kiritadi.
❗️Mutasaddilarga respublikaning barça hududlarida kadastri yöq xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qiliş uçun alohida qonun loyihasini işlab çiqib, muhokamaga kiritiş vazifasi qöyildi.
Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uç karra oşirilgan soliq qöllaş töxtatib turişga qaror qilindi.
👉 @xushnudbek 👈



