Yoş xodimlar uçun soliq imtiyozlarini qöllaş tartibi

Matn25-iyul, 2018, 10:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Kuni keça birinçi marta işga kirgan yoş xodimlarga soliq imtiyozi berilmayotganligi haqida yozgan edim.

Mazkur masala böyiça ayrim qöşimça maʼlumotlar oldim. Maʼlum böldiki, Davlat soliq qömitasi raisining 2017-yil 11-iyuldagi 413-sonli buyruği bilan 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli Prezident farmoni maʼlumot va ijro uçun qabul qilingan hamda uning ijrosini taʼminlaş böyiça soliq organlariga tegişli topşiriqlar berilgan.

My.soliq.uz portalidagi soliq hisobotlari blankasida ham uşbu imtiyoz uçun maxsus bölim ajratilgan (rasm pastda).

Muammo nimada?

Ammo nima uçun haligaça köpçilik bu imtiyozdan bexabar va taşkilotlar bunday imtiyozni qöllaşmayapti?

Menimça, bunga 2 ta asosiy sabab bor.

Birinçisi, uşbu özgariş tarğiboti sust bölgan. Yaʼni yoş xodimlarga berilgan soliq imtiyozi haqida OAVlarda keng yoritilmagan. Korxona rahbari, buxgalter tugul hatto yoşlarning özi ham buni bilmaydi.

Ikkinçisi, qonunçilikni tuşunmaslik sabab bölmoqda. Yaʼni menga kelgan maʼlumotlarga köra, uşbu imtiyozni qöllaşni söragan yoş xodimlarga rahbar yoki buxgalter hali bu özgariş kuçga kirmaganini, buning uçun albatta Soliq kodeksiga tegişli özgariş kirişi kerakligini aytib, rad qilişmoqda. Aslida bu yangliş xulosa. Soliqlardagi imtiyozlar foizi albatta Soliq kodeksida aks etişi şart emas. Özi umuman bizning Soliq kodeksimizda foizlar, soliq stavkalari körsatilmagan. Şu sababli PF-5106-sonli Prezident farmoni allaqaçon kuçga ega, bemalol unda körsatilgan soliq imtiyozini qöllaş mumkin.

Özi qanaqa imtiyoz berildi?

Imtiyoz quyidagiça:

Taʼlim muassasasini tamomlaganiga uç yil bölmagan, birinçi marta işga qabul qilingan yoşlarga daromad soliği birinçi yil uçun 50 foiz, ikkinçi va uçinçi yillar uçun esa 25 foizga kamaytiriladi.

Maʼlumot örnida:
1. «Taʼlim muassasasi» deyilganda kasb-hunar kolleji, akademik litsey va oliy taʼlim muassasasi ham tuşuniladi. Masalan, institutni tugatib birinçi bor işga kirgan yoş xodimga ham şunday imtiyoz beriladi.
2. «Birinçi bor işga qabul qilingan» - hayoti davomida ilk marta işga kirayotgan bölişi kerak. Masalan, institutga kirişdan oldin qayerdadir işlagan bölsa, keyinçalik bu imtiyoz qöllanmaydi.
3. «Uç yil bölmagan» - agar kollejni tugatib, 2 yil işsiz yurib, keyin işga kirsa ham, öşa yoş xodimga bu imtiyoz qöllanaveradi.

Nima qiliş kerak?

Agar Siz yuqoridagi imtiyozlar kategoriyasiga töğri kelsangiz, yaʼni öqişni tugatib, ilk marta işga kirib, hali iş joyingizni özgartirmasdan faqat bitta joyda işlayotgan bölsangiz, unda zudlikda korxona buxgalteriga murojaat qiling.

Yana bir tomoni, Sizga mazkur imtiyozlar 2017-yil avgust oyidan boşlab qöllanilişi kerak edi. Şu sababli imtiyoz qöllanmasdan 1 yillik ortiqça uşlab qolingan mablağlarni ham qaytarişlari kerak. Qörqmasdan haqqingizni talab qilavering. Masalan, har oy 200 ming söm soliq uşlab qolingan bölsa, şuni yarmini qaytarişlari kerak. Bu yiliga 1 mln. 200 ming söm ortiqça uşlab qolişgan degani.

Mana şunaqa gaplar. Haqqini bilgan xor bölmas deydi. Siz ham yaratilgan imkoniyatlardan töliq foydalanişga örganing, aziz yoşlar.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek