Şavkat Mirziyoyev 61 yoşga töldi
Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 61 yoşga töldi.
Şunçaki raqamlar:
Şavkat Mirziyoyev 2016-yil 8-sentabrdan buyon, yaʼni Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan kundan buyon to bugungaça 81 ta qonun, 650 dan ortiq farmon hamda 1300 ga yaqin qarorga imzo çekkan.
Bundan 684 kun oldin, yaʼni 2016-yil 8-sentabr kuni Şavkat Miromonoviç Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi.
597 kun oldin, yaʼni 2016-yil 4-dekabr kuni umumxalq saylovida 88,61 foiz ovoz bilan Prezident sifatida saylangan edi.
587 kun oldin, yaʼni 2016-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlis palatalari qöşma majlisi vaqtida inauguratsiya marosimi bölib ötgan hamda Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida qasamyod qabul qilgan edi.
Konstitutsiyamizning 92-moddasiga binoan, Prezident Oliy Majlis yiğilişida qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi.
Demak, yana 13 kundan söng Şavkat Mirziyoyev rasman Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişganiga 600 kun töladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


