Sergelidagi yangi uylar narxi qayta körib çiqiladi
Boş vazir: Sergelidagi yangi uylar narxi qayta körib çiqiladi
11-aprel kuni Toşkent şahar Sergeli tumani hokimiyati binosida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli taşkil etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Boş vazir tomonidan tegişli mutasaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytiriş hamda xonadonlar sifatini töliq qayta körib çiqiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Maʼlum qilinişiça, bir oy muddatdan söng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta körib çiqilgan xonadon narxlari böyiça oçiq va oşkora hisobot tayyorlanadi.
👉 @xushnudbek 👈

