Xorijda işga joylaştiriş böyiça firibgarlardan ehtiyot böling
Xorijda iş taklif qilişdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga işga joylaştirişni taklif qilayotgan eʼlonlarga tez-tez közimiz tuşib turadi.
Köpçilik bu eʼlonlarga qay darajada işoniş mumkinligi, ular taklif qilayotgan işlar rost yoki yolğonligi haqida söraşadi.
Masalan, yaqinda «Kanadaga 15 nafar özbeklarni pitssa taşuvçi qilib işga joylaştiramiz, falon pittseriya bilan şartnomamiz bor» degan eʼlonlarni soxtaligi, ularga işonmaslik kerakligi haqida ogohlantirib çiqişgan edi.
Maslahatim şuki, bunday eʼlonlarga közingiz tuşsa, eng birinçi qiladigan işingiz – işga joylaştirişni taklif qilayotgan firmaning litsenziyasi bor-yöqligini tekşiriş bölsin.
Buning uçun Mehnat vazirligining rasmiy veb-saytidagi mana bu havolaga kirasiz:
mehnat.uz/ru/services/reestr-chastnyh-agentstv-zanyatosti
Bu yerda xorijda va Özbekistonda işga joylaştiriş bilan rasman şuğullanadigan xususiy bandlik agentliklarining röyxati berilgan.
Eʼtibor beriş kerakki, xorijda işga joylaştiriş uçun albatta litsenziya oliş şart va röyxatda ham sal pastroqqa tuşsangiz, litsenziyasi bor agentliklar alohida berilgan. Çunki xorijda işga joylaşning öziga yaraşa talablari bor, litsenziya berişdan avval vazirlikdagilar öşa agentlikni obdon tekşiradi.
Demak, mabodo xorijda işga joylaş haqida eʼlon körib qolsangiz, yuqoridagi havolaga kiring va agentlik nomini qidiring. Agar litsenziya berilganlar röyxatida çiqmasa, ularga umuman işonmang. Ertaga aldanib qolişingiz mumkin.
Bu bilan hozirda litsenziya olgan 52 ta agentlik bilan umuman muammo çiqmaydi, deya kafolat bermoqçi emasman, lekin har holda buning ehtimoli ança kam böladi.
Xullas, qonuniy işlayotgan agentliklarga işonişni tavsiya etaman.
👉 @xushnudbek 👈

