O‘zbekiston blogerlar chempionati xotiralari

Albom12-aprel, 2019, 22:282 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eslaganga yaraşa şirin xotiralarni oxiriga yetkazib qöyay:

1) Çempionat banneri ham öziga yaraşa çiroyli çiqqandi. Komil Buranov tayyorlagandi. Tanlov 2013-yil dekabr oyida boşlangani uçun «köçada qiş, blogingda yoz» deyilgan.

2) Diploplarimiz heç qayerga ötmasa ham, lekin dizayni çiroyli edi, oltin, kumuş, bronza ranglarida;

3) çempionatning 2-bosqiçida 64 iştirokçi 8 ta guruhga bölinib, özaro kuç sinaşgandi. Qurʼa taşlaş marosimini Qoraqamişdagi çoyxonada qilgandik :) FIFAning qurʼa taşlaşidan kam bölmagan, yesli çto 😂

4) Taqdirlaş marosimiga ğoliblardan faqat Muhrim kelgan. Çunki Inoyat opa AQŞda, Şermuhammad Qirğizistonda edi. Lekin Inoyat opaning ayalari atay Andijondan kelgandilar. Duolarini olganmiz;

5) Marosimda taniqli jurnalistlar Dinara Dultayeva, Sohiba Hayitboyeva, özbek blogerlarining "otaxoni" Yevgeniy Sklyarevskiy ham qatnaşgandi;

6) Hozir aytişlariça, marosimidan keyin Muhrim 1 mln sömni şartta çöntakka solib, öşa yerdagilarga oş olib bergan ekan. Bundan xabarsiz edim. Qaçon oş oberasan, Muhrim? 😠

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek