Jahongir Ortiqxöjayevning The Guardian gazetasiga javobi

Matn12-aprel, 2019, 19:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:davletovuz

​​The Guardian gazetasi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning javob xatini eʼlon qildi

2-aprel kuni Buyuk Britaniyaning The Guardian gazetasida Toşkentdagi tösatdan buzilişlarning odamlarning qahrini keltirayotgani haqida material eʼlon qilingan edi. Toşkent hokimi Jahongir Ortiqxöjayev The Guardian gazetasining mazkur maqolasiga javob beribdi. The Guardian gazetasi hokimning javob xatini eʼlon qilibdi. Quyida materialning tarjimasini eʼtiboringizga havola qilamiz:

"Toşkent şahri hokimi sifatida men sizning “Ogohlantirişsiz köçirildi: Toşkentdagi tösatdan buzilişlar odamlarning qahrini keltirmoqda” maqolangizni (theguardian.com, 2-aprel) ajablaniş va ranjiş tuyğulari bilan öqidim.

Uylarda yaşovçilar uylar buzilişi haqida ogohlantirilmagan, deb işonç bilan taʼkidlaşning özi notöğri. Ularning barçasi, ayrimlari esa ikki yil oldindan xabarnoma olgan.

Ikkinçidan, sizning jurnalistingiz Toşkent şahri hokimligi bilan boğlanmagan hamda javob beriş huquqini taqdim etmagan. Buning oqibatida reportajda heç qanday tekşirilmagan yoki oçiq manbalardan tasdiqlanmagan maʼlumotlar, xususan, göyoki ön mingta odam köçirilgani va yana 30 ming nafar aholining uylari buziliş xavfi ostida ekani töğrisidagi xabarlar keltirilgan.

Toşkentda heç bir köçmas mulk öz-özidan buzilayotgani yöq. Turar-joylar oğir ahvolga kelib qolgan, eskirib qolgandagina bunday işlar amalga oşirilmoqda. Köp hollarda uylarning atrofidagi infratuzilma ham töliq rekonstruksiyaga muhtoj; baʼzida esa suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi mavjud bölmagan holatlar bilan töqnaş kelyapmiz.

Özbekiston qonunçiligiga muvofiq, uylarda istiqomat qilayotganlarni tölaqonli xabardor etmasdan hamda kompensatsiya töğrisida özaro kelişuvga erişmasdan inşootlar buzilişi mumkin emas. Bunday kelişuv bir neçta şaklda tuzilişi mumkin, jumladan, yangi turar-joy taqdim etiş, köçmas mulk obyektining töliq bozor qiymati böyiça pulli kompensatsiya beriş yoki şu ikki şaklni qöşib işlatiş. Şuningdek, köçiş vaqtida logistika masalalarida kömaklaşilmoqda.

Biz şahrimiz aholisining turmuşini yaxşilaş hamda uy-joy fondimizning sifati va xavfsizligini oşirişga intilmoqdamiz. Uyi buzilayotgan barçaga yaxşilangan uy-joy taklif etilgan, heç qanday qonunlar buzilmadi.

Biz The Guardian gazetasi jurnalistlarini ajoyib şahrimiz haqida köproq biliş uçun yana Toşkentga keliş va tegişli hokimiyat vakillari bilan uçraşişga taklif etamiz.

Jahongir Ortiqxöjayev,
Toşkent şahar hokimi
"

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek