Adliya vazirligi tanlovida g‘oliblik va o‘tmish xotiralari
Manba:Бугуннинг гапи
Keça Adliya vazirligi ötkazgan tanlovning taqdirlaş marosimida ötirar ekanman faqat onamni öylab ötirdim. Atrofimdagilar sezgani yöq, ularga özimni tanlovda yutgan bir odam qanday xursand bölsa öşanday xursand körsatib, tirjayib ötirganim bilan közimdan yoş oqişiga sal qoldi.
Bundan qariyb uç yil oldin, aniqroği 2016-yilning may oyida telefonim bir YPX xodimining "şarofati" bilan organ xodimlarining qöliga tuşganida va şundan keyin telefonimni tekşiriş jarayonida ijtimoiy tarmoqlarda bugun Adliya vazirligi ötkazgan tanlovga topşirgan postlarimga öxşaş postlar yozganim uçun "sen ijtimoiy tarmoqlarda nimalarni yozayapsan, umringni qamoqda çiritib yuboraymi?" deb söroq qilişganida onamni mazalari qoçib bir ölimdan qolgan edilar. Öşanda men özimni iymon-eʼtiqodli deb biladigan va özini özi öldiriş oğir gunohligini biladigan odam "Onam meni şu uçun, önib-ösganimdan keyin xizmat qilib duosini oliş örniga unga azob berişim uçun tuğib katta qilgan edimi?" deb özimni öldiriş payida ham bölganman va keçagaça, mana şu tanlovda ğolib çiqqunimça onamga öşanda yetkazgan ozorim uçun, uning tortgan dardlari uçun özimni ayblab kelayotgan edim. Öşanda meni telefonimni ekspertizadan ötkazgan insonlar öz xulosalarida nima deb yozişgan bilmayman, ammo hammasi men uçun xayrli yakun topdi va men qimmat telefonim musodara bölgan holda eng kam iş haqining neçadir barobarida jarima tölab qutildim. Zamonani zaylini qarang-ki bugun öşa paytda yozganlarimga öxşaş postlar bilan Adliya vazirligi ötkazayotgan tanlovda ğolib çiqayapman.
Öşanda öşa yozgan postlarim onamni dard çekib azob tortişiga sabab bölgan bölsa, bugun uning quvonç bilan meni duo qilişiga sabab bölayapti.
Öşanda öşa yozgan postlarim döst-duşmanlar oldida boşim egilişiga sabab bölgan bölsa, bugun hammaning oldida boşimni mağrur kötarib turişimga sabab bölayapti. "Har zamondan bir zamon" deb şuni aytişsa kerakda.
Mayli, doim tinçlik bölaversin!
Onalarimiz doimo omon bölişsin!
Kanalga ulaniş👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFDsqn0uS_lzEcm
- 👍 1


