Yosh oilalar uchun ipoteka krediti soliq imtiyozi bekor bo‘lishi kutilmoqda
Yoş oilalar uçun ipoteka kreditidagi soliq imtiyozi bekor bölişi kutilmoqda
Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga binoan şu bugungaça yoş oila aʼzolari özlarining iş haqi va boşqa daromadlarini quyidagilar uçun yönaltirganda daromad soliği olinmasdi:
👉 yakka tartibda uy-joyni quriş, rekonstruksiya qiliş va sotib oliş uçun yoki
👉 köp kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qiliş va sotib oliş uçun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular böyiça hisoblangan foizlarni qoplaş uçun.
Soliq kodeksining taklif etilayotgan va muhokama qilinayotgan yangi loyihasida uşbu imtiyoz butunlay bekor bölmoqda.
Demak, agar uşbu loyiha tasdiqlanadigan bölsa, 2019-yil 1-yanvardan boşlab yoş oilalar özlari olgan ipoteka kreditlarini qoplaş uçun ötkazadigan iş haqlaridan ham daromad soliği uşlab qolinadi.
1-yanvardan boşlab daromad soliği barça uçun 12% bölişini hisobga oladigan bölsak, oyiga 1 mln söm kreditga ötkazadigan yoş oila har oy 120 ming söm zararga kiradi. Lekin öz örnida daromad soliğining keskin kamayişi va pensiya jamğarmasiga ötkaziladigan 8%li majburiy tölovning yöqolişi natijasida xodimlar uçun foyda bölişini ham eslatib ötiş insofdan bölar edi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasida avvalgi bir imtiyoz saqlab qolingan. Yaʼni amaldagi SKning 171-moddasi 14-bandida yuridik şaxsdan — iş beruvçidan yoş oilalar aʼzolari tomonidan uy-joy oliş uçun olingan mablağlar jismoniy şaxslarning daromadi sifatida qaralmas edi va öz-özidan soliqqa tortilmasdi.
Bu nima degani?
Masalan, yoş oila uy olmoqçi, lekin boşlanğiç badalni tölaşga imkoni yöq. Iş beruvçi xodimiga avans sifatida (yoki ssuda tarzida) uy-joy olişi uçun 50 mln söm ötkazib berdi, deylik. Mana şu 50 mln söm uçun xodim daromad soliği tölamasdi.
Yangi tahrirdagi SKning 198-moddasi 13-bandida şu imtiyoz saqlab qolingan, faqat EKIHning 2500 baravari miqdorida çeklov ham örnatilgan. Yaʼni bugungi kun bilan hisoblaganda iş beruvçi tomonidan 506 mln sömgaça ötkazilgan summadan daromad soliği uşlanmaydi, undan ortiği soliqqa tortiladi.
Lekin bu imtiyozni kreditni söndiriş uçun iş haqidan ötkaziladigan imtiyoz bilan adaştirmaslik kerak. Yuqorida aytilganidek, bu imtiyoz faqat uy-joy sotib oliş uçun ötkaziladigan mablağga taalluqli xolos.
ESLATMA: Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 10-dekabrgaça muhokamaga qöyilgan (20 kun içida qanaqa qilib loyihani Oliy Majlis körib çiqişga, Senat tasdiqlaşga va Prezident imzolaşga ulguradi, bunisiga tuşunmadim lekin). Kiring va fikringizni bildiring. Soliq tölovçi sifatida bölayotgan özgarişlarga befarq bölmang.
Maʼlumot örnida: yoş oilalar uçun ipoteka krediti bilan bir qatorda qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joy quriş uçun kredit olgan şaxslar va ularning birgalikdagi qarz oluvçi bölgan oila aʼzolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular böyiça hisoblangan foizlarni qoplaş uçun yönaltirgan iş haqlari va boşqa daromadlari uçun belgilangan imtiyoz ham bekor bölmoqda.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
