Abror Qodirov AQShda o'z logistika kompaniyasiga asos soldi
AQŞga Grin-karta yutib ketgan döstim Abror Qodirov özining şaxsiy logistika kompaniyasiga asos solibdi va unga işçi qidirayotgan ekan. Jumladan, u öz kanalida şunday yozadi:
«Tramp toğa öng qölini kötarib, qasamyod qilayotgan kuni AQŞga kirib kelgan, boşi aylanib ingliz tili filologiyasida öqib, har doim futbol jurnalistikasida işlagan Abrorning, bu yerda heç bir tanişsiz, heç qanday rejasiz nimani qoyillatişi nomaʼlum edi. Özi bilan olib kelgan mablaği bemalol köngliga maqul iş çiqquniga qadar yaşab turişga yetmasdi. Ikkita çemadan, ozgina qarz va kiçik oilasini olib kelgandi xolos u Özbekistondan. Yana... omadini ham. Yaxşiyamki.
Eng tez joylaşiş mumkin bölgan iş — pitseriyada haydovçilik edi. Zör variant. Amerikadagi yagona tanişim — sinfdoşim bir raqam berdi. Italyanlanlar pitseriyasida işlaydigan özbek yigitning raqami. U ertasigayoq işni gaplaşib berdi. Kuniga 12 soatlab, haftada 6 kun işlay boşladim. Boşqa iş qidirişga şunçaki vaqt qolmagandi va şu tarzda ikki-uç oy ötib ketdi.
Menga biroz yordam beriş maqsadida Iroş men uyda böladigan kunimga öziga kunlik işlar qarardi. Maşinada oborib keliş, qizimga qarab turişim mumkin edi. Şunaqa yakşanbalarning birida Faceboodagi eʼlon orqali bir uyni tozalaşga bordik. Yetib borganda aniqlanişiça — özbekistonliklar uyi. Uy egasi hovlida öğli bilan öynar va rusça-özbekça aralaştirib gapirardi. Maşindan tuşdim, bordim, tanişdim. Gaplaşdik. Özbekstondan qaçon kelganim, nima iş qilişim, ingliz tilini biliş-bilmasligimni söragaç, "Bilasizmi, mening öz kompaniyam bor. Logistik kompaniya. Katta yuk maşinalariga buyurtmalar topib beriş bilan şuğullanamiz. Biz hozir dispetçer qidiryapmiz, mana kontaktim, telefon qiling", dedi.
Ikki haftalardan keyin "Davis Cargo"da kompaniya asosçisining özidan iş örganişni boşladim. Keyin boşqa tajribali mutaxassislar oldida ötirib, har bitta gapini yozib, işlatgan sözlarini yodlab ötirdim. Ikkinçi haftada birinçi buyurtmani oldim.
Ikki yarim yil davomida turli smenalarda, turli vazifalarda işladim. Dispetçerlar jamoasiga yetakçilik qildim, kompaniyaning Toşkentdagi ofisi oçilişida iştirik etdim, özbekistonlik yigitlarga iş örgatiş uçun ikki bor xizmat safari bilan Vatanga yuborişdi.
Şu kompanida tanişganim, keyinçalik öz işini boşlagan döstim keyinroq meni Ohayo ştatiga çaqirdi. Yaxşi taklif berdi. Men uning kompaniyasiga qöldan kelgança yordam berişga harakat qildim, u esa menga öz kompaniyamni oçiş borasida kömaklaşdi. Bu yildan boşlab esa butun eʼtiborni mana şu kompaniyani rivojiga qaratişga qaror qildim.
Amerikada logistika sohasi özbeklar uçun begona emas. Yuzdan ortiq katta va kiçik trak kompaniyalari bor özbeklar tomonidan asos solingan. Yangi tendensiya boşlayotganim yöq. Mening agar ulardan birgina farqim bölsa, bu — men bu sohani emas, soha meni tanlagan. Öziga şukrlar bölsin.
"Leo Logistics" loyihasida vatandoş haydovçilar yanada köpaysa bundan faqat hursand bölaman! Öz yuk maşinasi bor haydovçilarni ham, ijaraga trak olib işlaş istagidagi haydovçilarni ham birdek hamkorlikka çaqiraman.
(380) 867-0926
(321) 347-9686
info@leologistics.us»
Post tugadi. Abrorning işlariga omad tilayman.
👉 @xushnudbek 👈

