Vatan tanlanmaydi: Davronbek Tojialiyevning vatan haqida öylari
Vatan tanlanmaydi
Davronbek Tojialiyev Feysbukda yozmoqda:
«Vatan tanlanmaydi. Qayerda tuğiliş, Vatan qiliş — Allohning sizga inʼomi. Vatan sevgisi ham ölçanmaydi. Uning kami yoki ortiği, turi va darajasi bölmaydi. Vatanni seviş — insonning fitratidagi tuyğu. Uni heç kim tortib ololmaydi.
Navbatdagi safardan qaytarkanman, uçoğimiz Toşkentga qöna boşlagandan söng barça qarsak çalib olqişlayotgan paytda bir qariyaning yiğlay boşlagani eʼtiborimni tortdi. Oppoq soqollari yuziga zeb bergan bu nuroniy kişi uçoqdan tuşgungaça yiğidan tinmadi. Piçir-piçir gaplardan uning yaqinlaridan birov vafot etgan bölsa kerak degan fikrga kelgandim. U trapdan pastga tuşişi bilan xoliroq joy qidira boşladi. Militsiya xodimi uning harakatlaridan şubhalanib, qariya tomon yura boşlagan joyida taqa-taq töxtadi. Nuroniy yerga sajda qilganiça höngrab yiğlab yubordi. Uning tilidan «Şukr, alhamdulillah» sözlari tuşmasdi.
Men bu nuroniyning kimligini bilolmadim. Qariya bilan rosa suhbatlaşgim, dardlaşgim keldi. Lekin uning bu holatida Vatan tuproği eng yaxşi dardkaş edi. Yaqinda bir döstim ana şunday vatansevar millatdoşimiz haqida gapirib qoldi.
Abdusamad ota yigitlik paytida şörolar zulmidan qoçib, Arabiston diyoriga hijrat qiladi. Öşa yerda uylanadi, bola-çaqali böladi. Marğilonda ham davlatmand bölgan Abdusamad Arabistonda ham halol tijorati ila boylik va martabaga erişadi. «Men baribir Marğilonga qaytaman» der edi u har doim. Mustaqillik bölib, yöllar oçilgan payti Abdusamad ota qarib qolgan, bir özi uzoq safarga çiqa olmay qolgandi. Tanasi boşqa dard bilmas, deganlaridek katta-katta tijorat egalari bölgan öğillari turli bahonalar bilan uni öz yurtiga olib borişmas edi. Ança «injiqlaşib» qolgan otadan öğillari söraşibdi:
― Ota, sizga nima yetişmayapti?
― Öz uyimni soğindim.
― Danğillama hovlida tursangiz, atrofingizda xizmatkorlar girdikapalak bölsa. Almisoqdan qolgan öşa kulbani nima qilasiz?
― Mening uyimda sörilar bor edi. Söri yonidagi daraxt soyasida dam olardim.
― Ota, hammasini şu yerda qilib beramiz.
Öğillar söri yasatişibdi. Söri atrofiga daraxtlar ötqazişibdi. Otaga na meva, na soya beradigan bu daraxtlari ham yoqmabdi. Öğillar Turkiyadan mevali daraxtlar olib keltirib ötqazişibdi. Ota:
― Söri ostidan anhor oqardi. Suvlari şildirab turardi. Tarvuzni durraga boğlab anhorga taşlab qöyar, keçqurun söyib yerdik…
Öğillar sönggi texnologiyani işga solib suvi doimo aylanib turadigan sunʼiy anhor barpo etişibdi. Otalari tasvirlagandek anhorga toşlarni solib, şildiraydigan qilişibdi. Albatta maʼlum hajmdagi suv aylanib turgani bilan anhor bölolmaydi. Ota:
― Bizning anhorning şabadasi bölardi, suv böyida ösgan yalpizning hidi xonadonimizni tutardi. Şomdan keyin daraxtlarni asta şitirlatgan şabadani soğindim.
Öğillar maxsus konditsioner va ventilyatsion tizim barpo qilib, şabadani yölga qöyişibdi. Yalpiz hidli havo purkagiçlardan foydalanişibdi. Ota soğinganlarini topolmay boriga sabr qilar, lekin qalbi taskin topmayotgani yuzidan ayon edi. Öğillari:
― Ota, hammasini öşa uyingizdek qilib berdik. Yana nega mayussiz?
― Asrdan keyin hovliga anhordan suv olib separdik. Suv sepilgan tuproğimning hidi… Öşa hidni soğindim…
Öğillar uçun boşqa iloj qolmabdi. Otani olib, öz yurti tomon yöl olişibdi. Ota joylari özgarib ketgan, lekin öşa anhorli xonadon, bir xonalik eski kulba saqlangan ekan. Ota köz yoş tökib, soğingan joylarini közga surtibdi. Tadbirkor öğillar uç kundayoq zerikib, «ketaylik»ka tuşişibdi. Ota esa heç ketgisi kelmas, har kuni ziyoratiga kelgan odamlarning suhbatlaridan huzur olardi. Öğillar öz yurtlariga qaytişibdi. Ota esa Marğilonda qolibdi. Bir oydan söng katta öğli kelib, olib ketişga harakat qilibdi. Ota könmabdi. Uç oydan söng ota öşa anhor ustidagi sörida jon taslim etibdi…»
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈



