Yunusoboddagi köp qavatli uyda tomdan suv ötişi muammosi
Xushnudbek.uzVideo2 daqiqa0Manba:Daryo — LIVE
Yunusobodning Çinobod köçasidagi töqqiz qavatli uylarning 9-qavatdagi kvartiralariga «sel keldi». Işoniş qiyin, lekin bu fakt. Eng alamlisi, bilasizmi, nima? Bu sönggi uç kun içida bu kvartiralarda yuz bergan ikkinçi toşqin — birinçi 3-iyundagi jalalar vaqtida yuz bergan.
«Muammoning yeçimi oddiy — tomda yiğilgan suvni tortib ketadigan quvurning içi çiqindidan tozalansa, suv pastga ketadi. Bitta tross bilan nari borsa bir—bir yarim soatda töğrilasa böladigan muammo, lekin şu ham qilinmadi», — deydi jabrlanuvçi fuqarolardan biri.
Murojaat qilsang töğrilanadi-da, deyişingiz mumkin. 3-iyundagi toşqinlardan keyin bir emas, bir neça marta murojaat bölganiga şubha yöq. Çunki tomdan ötgan suv birgina 9-qavatdagi kvartirani emas, balki 8, 7, 6 va hatto 5-qavatdagi xonadonlarni ham böktirgan.


