Çernobil seriali va Özbekistonda AES qurilişi haqida
«Çernobil» haqida
Keça dam oliş kunidan foydalanib, «Çernobil» kiçik serialini körib tugatdim. Avval ham bir yozgandim, hayotiy voqealar asosida olingan filmlarni juda yaxşi köraman. Şu film bahona öşa voqea haqida internetdan qidirib, maqola va hikoyalarni öqib çiqiş yanada yoqimli.
Serial juda ajoyib! Gap-söz bölişi mumkin emas. Garçi ayrim tarixiy faktlar biroz özgartirilgan bölsa-da, lekin bu film saviyasiga zarraça putur yetkazmagan.
Serialda yolğon va haqiqat oldida inson öz vijdoni bilan qanday kuraşiş kerakligi taʼsirli körsatilgan. Siyosiy yolğonlar bir neça ming nafar xalqdan ustun bölişi, hukumat vakillari öz xatosini özgalar bilmasligi uçun bir neça ming fuqarolarining hayotidan voz keça olişga tayyorligi namoyiş qilingan.
Serialni körgaç, bizda ham atom elektr stansiyasi qurilişiga qarşi bölganlar soni keskin oşib ketdi. Masalan, men ham Çernobil örnida Jizzaxni tasavvur qilib, qörqib ketdim. Çunki Şahnoza Töraxöjayeva aytganiday, loqaydlik va yolğon köp joyda AES qurib bölmaydi! Har qadamda Dyatlovga öxşaganlar tiqilib yotibdi.
Ammo bu mutaxassis bölmasdan turib, AES va atom energetikasining bugungi holati haqida deyarli heç qanday maʼlumotga ega bölmasdan turib, aytilayotgan diletant fikrlar xolos.
Şu sohada işlaydigan bir neçta mutaxassislarni taniyman, ular har safar AES qurilişini yoqlaşadi, bir qança ilmiy faktlar va raqamlarni aytişadi (koşki ularga tuşunsam). Ular ham şu yurtning farzandi, ular ham bunday falokatlarni xohlaşmaydi va asosiysi ular AES qurilişidan bevosita manfaatdor insonlar emas. Lekin bu loyihani yoqlaşadi. “Ular ham bir narsani bilmasa gapirmasa kerak”, deb öylab qolaman.
Bilmadim, öşançun ham «Bizga AES kerakmas» degan yakdil fikr ayta olmayman. Oddiy xalqni emas, mutaxassis va ekspertlarni köproq tinglaş kerak bu mavzuda.
«Çernobil» kiçik seriali haqida quyidagi blogerlar yozgan fikrlarini öqib çiqişni tavsiya qilaman:
Muhrim Aʼzamxöjayev:
t.me/muhrim/426
t.me/muhrim/428
Aziza Umarova:
t.me/Nazlobudnya_AU/205
Davletovuz:
t.me/davletovuz/5745
Şahnoza Töraxöjayeva:
t.me/shahnozxon/268
Farhod Fayzullayev:
t.me/zambarakning_oqi/673
Ğayrat Yöldoş:
t.me/bugunning_gapi/798
Nozim Safarov:
t.me/thesafari/918
👉 @xushnudbek 👈


