Davlat tili töğrisidagi qonun va propagandaga munosabat

Matn26-aprel, 2020, 20:043 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Laʼnati propaganda!

Kuni-keça Adliya vazirligi tomonidan bir qonun loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi. Undagi qoida juda oddiy va tuşunarli edi. Yaʼni agarda birorta davlat taşkiloti iş yuritişda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmasa, öşa taşkilotning mansabdor şaxsiga maʼmuriy jarima solinadi (446 ming sömdan 1 mln 115 ming sömgaça).

Birinçidan, bu yerda gap faqat davlat taşkilotlari (!) haqida ketmoqda. Va jarima ham faqat davlat taşkilotining mansabdor şaxsiga (!), yaʼni vazir, hokim, qömita raislari va h.k.larga qöllanadi;

Ikkinçidan, oddiy aholi haqida bir oğiz ham gap yöq. Yaʼni Özbekiston fuqarolari istalgan tilida gapirişi, istalgan tilida davlat organlariga murojaat yöllaşi, istalgan tilida odamlar bilan muloqot qilişi mumkin. Bu ularning töla konstitutsion huquqi va bunga heç qanaqa tösiq yoki jarima qöllanmaydi.

Uçinçidan, davlat taşkilotlarida işlayotgan boşqa millatdagi va boşqa tilda sözlaşuvçi xodimlarga ham bu özgariş taalluqli emas. Ular istagança öziga maʼqul tilda gaplaşaveradi, öz faoliyatini olib boraveradi. Bunga heç qanaqa tösiq yoki qarşilik qilinmaydi.

Törtinçidan, davlat taşkilotlarining rasmiy hujjatlari boşqa tillarda bölişiga ham tösqinlik qilinmayapti. Masalan, bitta taşkilot ham özbek, ham rus tilida hujjat tayyorladi. Marhamat, bemalol. Bunga heç qanaqa qarşilik yöq. Lekin agar mabodo öşa taşkilot qarorlarini faqat rus tilida qabul qilsayu, uning özbekçasi bölmasa, ana şundagina jarima kelib çiqişi mumkin. «Ey, hurmatli kattakon, sen Özbekistonda yaşayapsanmi özi yoki boşqa davlatdami, nega özbekçasi yöq?» degan savol qöyiladi uning oldiga.

Menimça, Sizga ham taklif etilayotgan loyiha mazmuni tuşunarli böldi, degan umiddaman.

Ana endi, şunday vaziyatda rus propaganda saytlari provokatsiya qilişni boşlab yubordi. Rossiyaning Regnum naşri «Özbekistonda davlat organlarida rus tilidan foydalanganlik uçun jarima belgilanadi» deb yozgan bölsa, özimizda faoliyat yuritadigan Vesti.uz sayti esa «Özbekistonda Puşkin tili uçun jarima qöllaşmoqçi» deb eʼlon qildi. Farqini sezyapsizmi?

Hukumat buyoqda davlat taşkilotlari "özbek tilini hurmat qilsin" (!), demoqda, propagandaçilar uyoqda “rus tiliga jarima solişmoqçi” demoqda.

Şunaqa ham jirkanç provokator böladimi? Öquvçilarga maʼlumotni oyoğini osmondan qilib, mutlaqo notöğri yetkaziş orqali manipulyatsiya qiladiganlarga yana nima deyiş mumkin?

Tovba qildim, nima endi ularga qolsa öz uyimizda özimizning tilimizni ham himoya qila olmaymizmi? Özbekiston mustaqil davlat, öz tili, öz qadriyatlari, öz qonunlari va özining tutgan yöliga ega. Davlat taşkilotlari va ularning mansabdorlari Özbekistonda yaşar ekan, özbek tilini hurmat qilişga majbur va hurmat qilmaganlik uçun kerak bölsa jarimaga tortiş kerak, bu juda töğri qaror.

Ammo şu bilan birga Hukumatimiz özbek xalqini millatidan, tilidan, dinidan qatʼi nazar Özbekiston fuqarolari taşkil etişini ham heç qaçon unutmaydi, boşqa tillarda sözlaşuvçi fuqarolarini heç qaçon jarimaga tortmaydi, ularga qarşilik qilmaydi.

Şu sababli, turli gij-gijlovçi va aholi örtasiga nifoq solişga qaratilgan xabarlardan ehtiyot böling. Bilingki, ularning maqsadi yurtimizda millatlararo notinçlikni keltirib çiqarişga harakat qiliş bölişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek