Mariya Zaxarovaning davlat tili haqidagi fikriga munosabat

Matn15-may, 2020, 15:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Laʼnati propaganda: 2-qism

Yodingizda bölsa, ruslarning laʼnati propaganda maşinasi Özbekistondagi davlat organlarida iş yuritiş jarayonida davlat tili mavqeyini mustahkamlaşga oid qonun loyihasi böyiça dod-voy kötarişib, Özbekiston hukumati rus tiliga qarşi kuraşyapti, deya provokatsiya qilişgani haqida avvalroq yozgandim.

Bu propaganda şunçalik laʼnatiki, mana endi Rossiya Taşqi işlar vazirligining vakili Mariya Zaxarova ham rasmiy minbardan turib, bizning qonun loyihalarimizga öziça munosabat bildirib, rus tilini köpçilik özbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari kamçiligini aytibdi.

Bunaqa propagandaçilarga qarata «Ey, menga qara, sen kimsan özi bizning içki işlarimizga burningni tiqasan, qonun loyihalarimizga aralaşasan, bor toşingni ter» deging keladi.

Bular qanaqa uyatsizki, rasmiy minbarlardan turib yolğon gapirişdan ham tap tortmaydi. Qayoqdan bila qolding, bu qonun loyihasi tarafdorlari yaqqol kamçilikni taşkil etişini? Qölingda qanaqa maʼlumotlar, dalillar bor? Heç qanday! Na qölingda daliling bor, na bizning qonun loyihalarimizni muhokama qilişga haqqing bor.

Bu borada Muhrimning yozgan fikrlariga qöşilaman. Jumladan u şunday demoqda:

«Biz «millatçilik bölib qoladi», «hurmatsizlik böladi», deb ming ikkilanib, hijolat bölib fikr bildiramiz, andişaning oti qörqoqqa çiqadi. Ular bölsa yuqori minbarlardan turib «rus tilining rasmiy sözlaşuvda qolişi özbekistonliklar manfaatlariga mos» deydi, oçiq-oydin. Mana şunaqa qilganidan keyin Latviya, Litva, Ukraina tajribasi örinli körinadi.

Özbekiston va Rossiya munosabatlarining zamonaviy sifati umuman til masalasi bilan ölçanmasligi lozim. Rossiya avvalo öz muammolarini bilsin, Özbekistondagi til muhokamalariga umuman burnini suqmasin. Şu örinda bizning ham Mariya Zaxarovaga teng minbarimiz javob qaytarsa maqsadga muvofiq bölardiku-ya...

Yöq, Mariya Zaxarovasiga ham, Putin Rossiyasiga ham boşqaça javob qaytariş kerak — deputatlarimiz ham, senatorlarimiz ham davlat tilining ustuvorligini mustahkamlaydigan öşa qonun loyihasini xuddi YEOIIga qöşiliş taşabbusini olqişlaganlaridek qabul qilsin, maʼqullasin, söng bu qonun nusxasini ularga yuboraylik. Eng yaxşi javob şu», - deyapti Muhrim.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek